O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


O’QUVCHILARDA FUQAROLIK TARBIYASI



Yüklə 2 Mb.
səhifə61/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

O’QUVCHILARDA FUQAROLIK TARBIYASI

Reja:

  1. Fuqarolik tarbiyasining mazmuni, maqsad va vazifalari.

  2. Davlat ramzlari va ularga nisbatan hurmat hissini shaklantirish.


  3. Talaba-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va fuqa­


    rolik tarbiyasini shakllantirish
  4. Huquqiy ong va fuqarolik madaniyatining milliy mafkura bilan


    mushtarakligi.



Mavzuning maqsadi: Fuqarolik tarbiyasining mohiyati, mazmuni va maqsad-vazifalari hamda metodlari, huquqiy ong va fuqarolik madaniyati haqida tushuncha berish, yoshlarda davlat ramzlariga (bayroq, madhiya, tamg'a) hurmatni shakllantirish orqali fuqarolik va huquqiy madaniyatni tar­biyalash.

Mavzuning vazifalari:

- fuqarolik tarbiyasining mazmuni, maqsad va vazifalarini


ochish;

  • huquqiy ong va fuqarolik madaniyatining milliy mafkura bilan
    bog'liqligini ko'rsatish;

  • davlat ramziari va ularga nisbatan hurmat hissini shakllantirish;


  • yoshlar o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda huquqiy tarbiyaning rolini belgilash.




Tayanch ibora va atamalar: fuqarolik, fuqarolik tarbiyasi, fuqa­rolik madaniyati, fuqarolik mas'uliyati, fuqarolikni tan olish, fuqaro-siz shaxslar, fuqarolik tarbiyasining maqsadi, davlat ramzlari, davlat madhiyasi, davlat bayrog'i, davlat gerbi, fuqarolik burch, fuqarolik tuyg'usi, Vatanga sodiqlik, ma'rifatparvarlik.

13.1. Fuqarolik tarbiyasining mazmuni, maqsad va vazifalari

Mustaqillikka erishilgandan so'ng pedagogikada fikrlashga to'liq imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Natijada pedagogikada sog'lom aql, ijodiy muhit, milliy ruhiyat, fuqarolik madaniyati va an'analar, marosimlar, urfodatlarga mos tarzda ta'lim-tarbiya olib borish itnko-niyati yaratildi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy maf-kura fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan inson-parvarlik, dernokratik davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaro-ning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik jamiyatlning asosiy talabi sanaladi.Ushbu talab mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi huku-mati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari mazmuni-da o'zining yorqin ifodasini topdi. ljtimoiy tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik madaniyatini shakllanti-rish muammolarining ijobiy hal etilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun rnuhim ahamiyatga egadir. Bo'lajak mutaxassislarning ijti­moiy tarbiyasini keng ko'lamda fuqarolik tarbiyasi bilan uyg'un holda tashkil etish bugungi kunning da'vati va talabi boiib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish «Davlat-ta'lim muassasalari jamiyat jamoatchilik» uyg'unligini yaratish asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolik tarbiyasining vazifalari:


  1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga ongli ravishda rioya etishga o'rgatib borish;


  2. Talaba-yoshlarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida maiumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish;


3.Vatannihimoyaqilishborasidaharbiyvatanparvarliktuyg'ularini shakllantirish;

4. Talaba-yoshlarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror

toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga


tayyorgarlik hissini shakllantirish;
  1. Talaba-yoshlarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisba-


    tan muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ularda g'ururlanish, faxrlanish
    va iftixor hislarini, shuningdek, adolatli, diyonatli, mehr-muruvvatli,
    ezgulikni hirnoya qiluvchi, va'daga vafoli shaxslarni shakllantirishga erishish;
  2. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o'z manfaatlarini yurt


    manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish;
  3. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi va yurt mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga qodir fidoyi fuqa­


    roni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish;
  4. Umumxalq ma'qullagan Konstitutsiyani va shu kabi muhim


    davlat hujjatlarini hurmat qilish hissini shakllantirish;
  5. Yoshlarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning Konstitutsiyada ko'rsatilgan huquqlaridan foydalanish hamda burchlarini


    bajarilishi xususida ma'lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tash­
    kil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarini bajarish bo'yicha
    ko'nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.

Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iborat:

• Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, shuningdek, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni, qadr qimmatini hurmat qilishga majburdir;

* Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy


merosini avaylab-asrashga m'ajburdirlar;
  • Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar;


•Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlarvamahalliyyig'imlarni to'lashga majburdirlar;

• O'zbekiston Respublikasini har tomonlama himoya qilish O'zbekiston RespubJikasi har bir fuqarosining burchidir.

Zamonaviy milliy pedagogikada millat ruhiyatining va fuqarolik madaniyatining nozik jihatlariga kirib borish va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so'nggi yutuqlarni ham hisobga olish imkoniyati yaratildi. Fuqarolik madaniyati deganda har bir davlatning qonun asoslari, huquq me'yorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonun-larni bilishi va o'z faoliyatida ularga rioya etishi, huquqiy va demok-ratik davlat barpo etishning muhim sharti hamda fuqarolik jami-yatida kishilarning yetuk ma'naviyati, ularning huquqiy burch va mas'uliyatlari tushuniladi. Ayni paytda, barcha pedagogik tadbirlarda yoshlar ta'lim-tarbiya jarayonining obyekti emas, balki subyek-ti, ya'ni ijrochisi ekanligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ta'lim-tarbiya oluvchilarning mustaqil va erkin flkrlashlarini ta'minlashga imkon bermoqda. Eng asosiysi yoshlarda tarbiyalanish va o'qishga ehtiyoj uyg'otishga yo'naltirilgan holda ta'lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. O'z fuqarolariga ega bo'lish har bir davlatning zarur va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo'lmay, muayyan mexanizmga, jonli sifatda maydon-ga chiqadi. Huquqiy o'rni qonun yo'li bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo'lishidan qat'i nazar, ma'lum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deyiladi. Ya'ni, fuqarolik - bu shaxsning muayyan davlat qaramog'ida bo'lishi, shu davlatga mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansubligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligi. Shu o'rinda fuqaro va unga tegishli tushunchalarni talabaoshlar ongiga singdirish ham o'ta muhim.

Fuqaro - huquqiy asoslar orqali ma'him davlatga mansub shaxs. Shaxs fuqaro hisoblansa, ma'lum huquq va erkinliklarga ega bo'ladi. Fuqaroning huquqiy holati tegishli mamiakatda fuqaroliksiz shaxslarning yoki xorijiy mamlakatlar fuqarolarining huquqiy hola-tidan farq qiladi. Masalan, siyosiy huquqlar faqat fuqarolarga taal-luqli bo'ladi.

Fuqarolik mas'uliyati - jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan g'alaba, yutuq va muvaffaqiyatlarga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko'paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.

Fuqarolikni tan olish - bu fuqarolikka ega bo'lish usullaridan biri bo'lib, u davlatning o'z hududida doimiy yashab kelayotgan yoki tegishli qonunda belgilangan tartibda mazkur davlat fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarning mavjud huquqiy holatini yuridik mustahkamlaydigan, o'z ixtiyoriga ko'ra amalga oshiriladigan xatti-harakati.

«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi Qonunning 4-moddasiga ko'ra, kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati-dan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e'tiqodi, mashg'ulotining turi, saviyasidan qat'i nazar ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O'zbekiston Respublikasida yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo'lmagan hamda O'zbekiston Res­publikasining fuqarosi boiish istagini bildirgan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olinadi.

Fuqaroliksiz shaxslar - biron-bir mamlakatga huquqiy man­sub bo'lmagan shaxslardir. Bunday shaxslar har qanday mamiakatda, jumladan, O'zbekistonda ham mavjud. Ular siyosiy huquqlardan foy-dalanmaydi, o'zlarining xohishi bilan O'zbekiston fuqaroligiga o'tishi mumkin. Fuqaroliksiz shaxslarning manfaati, huquq-erkinliklari qonun bilan himoya qilinadi.

Xalq - konstitutsiyaviy huquq fanida odatda muayyan davlatning barcha aholisi tushunilib, u yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy umumiylikni vujudga keltiradi (gajchi u bir necha milliy umumiylikka ega bo'lgan bo'lsa-da). Shu ma'noda, zamonaviy Konstitutsiyalarda xalq to'g'risidagi «suverenitet egasi» va «hokimiyatning birdan bir manbayi» degan iboralar ko'p ishlatiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra, xalq davlat hokimiyatining birdan bir man-bayidir (7-modda). Shuningdek, O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. O'zbekiston fuqarosi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Respublika Oliy Majlisi qabul qilgan tegishli qoidalarda belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunda ko'rsatib o'tilgan burchlarni bajaradi.

Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:

  • muayyan davlat a'zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat


    va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog'liq ekanligini tushu-
    nib etish;
  • xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik


    asosida bilish, ularga so'zsiz, qat'iy amal qilish;
  • o'z xalqi va davlatining o'tmishi va hoziriga hurmat tuyg'usini


    qaror toptirish, shaxsiy manfaatlaridan davlat manfaatlarini ustun
    qo'ya bilish, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi istiqboli
    uchun kurashishga tayyor turish;
  • davlat ramzlari (madhiya, gerb, bayroq)ga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ular muhofazasi uchun tayyorgarlik, dav­lat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha'ni, qadr-qimmati ekanli­ gini anglash;


  • ijtimoiy-siyosiy onglilik ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;


  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni tarbiyalash;


  • huquq me'yorlarining buzilishiga nisbatan murosasiz kurashish kabilar kiradi.


13.2. Davlat ramzlari va ularga nisbatan hurmat hissini shakllantirish

Davlatimiz ramzlari - bu Konstitutsiyada belgilangan bo'lib (5-modda), bayroq, tamg'a, madhiya hisoblanadi va ular O'zbekiston xalqlarining shonharafi, g'ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Davlat ramzlari muayyan millat, elat etnopsixologik xususiyatla-ri, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini, hududiy, siyosiy ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuyidir. Muayyan davlatning bayrog'i, gerb (tamg'asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuyini ifodalaydi. Davlat ramzlari o'zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmun ifoda etadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerb) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu xalq, millat o'tmishi, qadim an'analari, xalqning turmush tar-zi, orzu-umidlari, maqsadi, g'oyalarini ifodalashga xizmat etadi. Shu munosabat bilan 1990-yil 30-martda «O'zbekiston Respublikasi-ning Davlat madhiyasi to'g'risida»gi Qaror qabul qilindi va bu borada ishlar amalga oshirildi.

Madhiya — bu biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bag'ishlangan badiiy asar. Ba'zan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat bo'lishi mumkin. Arab, fors va o'zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi an'analarga ko'ra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus maqtovlar berilgan.

Davlat madhiyasi - har bir davlatning bosh va asosiy qo'shig'i hisobianadi. Unda muayyan davlat, unda yashaydigan xalqning ruhiyati, o'ziga xos tabiati, orzu-umidlari tarannum etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi - bu O'zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetining ramzi bo'lib, Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash mamlakat har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she'r vositasida ifodalanadt liamda davlat organlari tomonidan o'tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi.O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida jonajon mamla-katimiz O'zbekistonning asosiy jihatlari, ajdodlarimizning mardona ruhi, bag'ri kengligi, mustahkam imoni jo'shqin misralarda kuylanadi. Ushbu madhiyaga laniqli bas-takor Mutal Burhonov musiqa bastalagan. «Davlat madhiyasi haqi-da»gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi.

Davlat bayrog'i - bu davlat ramzlaridan biri bo'lib, uni boshqa mamlakatlardan farqlovchi bel-gidir. U mamlakat hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'l­gan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy sohalaridagi o'zligini aks ettiradi. Bayroq maxsus qonun bilan tasdiqlanadi va qayerda, qachon o'rnatilib qo'yilishi belgila-nadi. Bayroqning ko'rinishi, rangi, undagi belgilarning chuqur ma'nosi bor. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi (yangi oy) tasvirining beriiishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o'ziga xos yangi davr ekanligi ifodasidir, yulduzlar sonining 12 taligi yi! oylariga, muchal hisobiga nisbatidir. Umuman, yulduzlar qadimdanoq abadiyat timsoli sifatida qadrlanib kelingan, XVIII asrdan boshlab esa buyuk intilish hamda ulug’ g’oyalarning ifodasi sifatida tal-qin etila boshlagan. Milliy bayrog'imizning huquqiy maqomi - O'zbekiston Respubli-kasining Daviat bayrogi to'g'risidagi ma'lumotlarni talabalarga yetkazish mustaqillik darslari soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish chog'ida amalga oshiriladi. Bayroq mamlakatimizning o'tmishi, buguni va kelajagining yorqin ramzidir. «O'zbekiston Respublikasi Daviat bayrog'i to'g'risida»gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan. Bayroq daviat mustaqilligining belgisigina bo' Imay, u respublikamiz nomini xalqaro maydonda ramziy ifoda etish uchun xizmat qiladi. Daviat bayrog'i Prezidentlik apparati, Respublika Oliy Majlisi va hukumati, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va hukumati, xalq deputatlari mahai-liy Kengashlari, O'zbekistonning doimiy vakolatxonalari binolarida doim ko'tariladi.

Daviat razmlarining yana biri - bu daviat gerbidii. O'zbekiston Respublikasi daviat gerbining qabul qilinishi «O'zbekiston Respubli­kasi Daviat gerbi to'g'risida»gi Qonun g'oyalari hamda xalqimizning ming yillik boy tajribasi asosida amalga oshirildi.

Daviat gerbi — bu daviat ramz-laridan biri, davlatning tamg'asi bo'lib, muhrlarda, turli hujjat nus-xalarida, pul birligida aks ettirila-di. Uning ko'rinishi maxsus qonun bilan belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Dav­iat gerbida tog`lar, daryolar, bug`doy boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g'o'za shoxlarining (o'ng tomonda) gulchambar holidagi tas-viri aks ettirilgan. Gerb o'rtasida serquyosh yurt ramzi bo'lgan quyosh o'zining zarrin nurlarini soc-hib turibdi. Gerbning yuqori qismida respublika mustaqilligining ram­zi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo'lib, uning ichida yarim oy (yangi oy — yangi tuzum) va yulduzlar (abadiyat timsoli) joylashtirilgan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo'lgan kumush rangli Humo qushi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Humo qushi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o'zbek xalq og'zaki ijodida keng talqin eti-lib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida davlat bayrog'i rang-laridagi chambar jiyak o'zagida «O'zbekiston» so'zi yozilgan. Gerbda ifoda etilgan sakkiz qirrali burchak ijtimoiy hayotning barcha jihat-larini ma'lum bir g'oya, kuch biriashtiradi, degan ma'noni anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug'doy boshoqlarining tasviri rizqu ro'zimiz nishonasidir. Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo'riqlanadi. Davlat gerbidan foydalanish huquqi maxsus davlat hoki-rniyati va boshqaruvi idoralariga berilgan bo'lib, ularga O'zbekiston Prezidenti Devoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, davlat hokimiyati va boshqaruvning mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo'mitalari, barcha toifadagi sudlar, prokuratura, diplomatik va kon-sullik vakolatxonalari kiradi. Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalari, ulardan foydalanish va saqlash, yo'qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga solinadi. Davlat gerbi, shuningdek, fuqarolik pasportida, korxona, tashki-lot, muassasalarning ish qog'ozlarda o'z ifodasini topgan. Inson shaxs sifatida o'z sha'ni, or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatida davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, muhofaza qilish uchun o'zida mas'ullik tuyg'usini qaror toptirishi lozim.

13.3. Talaba-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va fuqarolik tarbiyasini shakllantirish

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish va mustahkam-lash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, uning qonuniy zaminlari, huquqiy asoslarini takomillashtirish fuqarolarning siyosiyhuquqiy faolligiga, onglilik, bilimdonlik darajasiga uzviy aloqadorlikdadir. Buning uchun O'zbekistonning har bir fuqarosi, eng avvalo, hayo-timizning asosiy qonuni - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning har bir moddasini puxta o'rganishi lozim. Boy o'tmish merosimizga murojaat qilganimizda milliy-ma'na-viy qadriyatlarga asoslanish zarur. Bunga sabab, talaba-yoshlarda bu orqali milliy g'umrni yuksaltirish samarali kechadi va bu yoshlar fuqarolik madaeiyatining yuksalishiga olib keladi. Talaba-yoshlar fuqaroiik ma'naviyatini yuksaltirish bo'yicha milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanishni quyidagi ketma-ketlikda olib borgan ma'qul. Qomusiy olimlar hayoti va ijodi milliy g'ururni yuksaltirishda muhim asos bo'lib, yoshlarning fuqarolik burchiga sadoqatni yuk-saltiradi. Bunda ko'proq al-Beruniy, al-Farg'oniy, al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Ismoil Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi kabi buyuk siymolar haqi-dagi ma'lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq;.Fuqarolik tarbiyasi negizidaxalq o'tmishi, tarixini o'rganish, mil­liy qadriyatlar mohiyatini anglashga yo'naltirilgan faoliyatga talaba-yoshlarni jalb etish pedagogika fani, tarbiyada ko'zlangan maqsadga eltuvchi yoi sanaladi. Talaba-yoshlarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqaro­lik tuyg'usini qaror toptirish, fidoyi fuqaro sifatida shakliantirish bilan yakunlanadi.

Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart-sharoitlar taqozo etiladi. Bular:


  1. Oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni yuksak


    darajada uyushtirilishi kerak;
  2. Fuqarolik tarbiyasi jarayonining muvaffaqiyati talabalar vao'qituvchilar jamoasining saviyasiga va undagi fuqarolik tuyg'usining nechog'liq yuksakligiga bog'liq bo'ladi;


3. Oila, maktab va mahallalarda o'zaro hamkorlik va hamjihatlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasi muvaffaqiyatini ta'minlaydi;

4. Talaba-yoshlarning axloqiy va huquqiy me'yorlarga hamda

umumiy tartibga rioya qilishga o'rgatish va boshqalardir.

Fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o'zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:

  • fuqarolik burch va mas'uliyatiga egalik (o'z vatani, xalqi, otaonasi oldidagi qarzini his eta olishi);


  • milliy g'urur, Vatanga sodiqlik, ma'naviy yetuklik va ma'rifatparvarlik tuyg'usiga ega bo'lish;


  • davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat


    Prezidenti hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo' 1 ish;
  • fidoyilik, ya'ni Vatan tuyg'usi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas'ullik hissini shakllanganligi;


  • ijtimoiy-huquqiy hamda axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat


    va itoatda bo'lish;
  • mamlakat milliy va ma'naviy boyliklariga nisbatan hurmat bilan


    qarash va ularni asrash borasidagi fuqarolik burchi nimalardan iborat
    ekanligini anglash;
  • milliy davlat tili, madaniyati va an'analariga nisbatan ijobiy


    munosabatda bo'lish va ularni asrab, boyitib takomillashtirib borishda jonbozlik ko'rsatish;
  • ijtimoiy faollik, mamlakat taqdiri, taraqqiyotiga bog'liq har qanday xattiarakatda jonbozlik ko'rsatish;


  • demokratik tamoyillarga amal qilish va fuqarolar tengligi hamda


    ularning o'zaro munosabatlari mazrnundorligiga e'tiborli bo'lish;
  • fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish va bu boradagi


    davlat hujjatlarini chuqur o'rganishga erishish;
  • huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo'lishda huquqiy


    ong hamda burchlar to'g'risida mukammal bilimga ega bo'lish;

- o'z faoliyati va xatti-harakati borasida to'g'riso'z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo'lish va boshqalar.

13.4. Huquqiy ong va fuqarolik madaniyatining milliy mafkura bilan mushtarakligi

Milliy mafkuraning mazmun-mohiyatida «asosiy maqsad - demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish», deb belgilangan. Mustaqil O'zbekistonda fuqarolarning huquqiy bilimi va madaniyati hamda ma'naviyatini yuksaltirish g'oyat muhim va dol-zarb muammodir. Fuqarolarning huquqiy bilimi, madaniyati va ma'naviyati qancha yuksak bo'lsa, huquqiy davlat shuncha kuchli bo'ladi, mustaqilligi-miz mustahkamlanib, barqarorlashib boraveradi. Qonuniylik va huqu­qiy tartibot tantana qilmasa, xalq ommasi qonun-qoidalar va huquqiy me'yorlarga, qonuniy aktlarga, 'eng muhimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ishonch-ixtiyor, ixlos, iymon-e'tiqodli munosa-batda bo'lish va rioya qilishiga odatlanmasa, huquqiy davlatni tasav-vur etib boimaydi. Huquqiy davlat ommaning siyosiy ongliligi, uyushqoqligi, siyosiy hushyor va ziyrakligi, hayotimizda ro'y berib turadigan har bir nar-sa va hodisaga ko'r-ko'rona emas, balki aql-idrok, bilim va tafakkur, fahm-farosatli yondashganligi bilan kuchii. Huquqiy bilim va mada-niyat millat o'zligi va inson barkamolligining eng muhim omillaridan biridir. Har qanday bilim va ma'rifat singari huqu­qiy bilim va madaniyat ham jamiyat taraqqiyotiga mos paydo bo'lgan talab va ehtiyojlar, mavjud shartsharoit va imkoniyatlar asosida yuza­ga keladi va rivojlanadi. Bolalarning qalbi va vujudiga go'daklik paytidan boshlab odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar haqida ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishda oilaning roli va ahamiyati katta. Shuning uchun Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas sanal-gan. «Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo'ylik, or nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvaio oilada shakllanadi», - degan edi Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining besh yilligiga bag'ishlangan tabrik so'zida.

Bilim olish huquqi - O'zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlaridan hisoblanadi. Unga asosan, har kim bilim olish huquqiga ega. O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim olish bepul, ya'ni umu-miy ta'lim olish uchun haq to'lanmaydi. Umumiy ta'lim bo'yicha ma'lumotga ega bo'lgan har bir kishi o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish huquqiga ega. Bu ta'lim belgilangan sinovdan o'tganlar uchun bepul, qolgan shaxslar pul to'lash bilan bilim olishni davom ettirishlari mumkin.

Bilim olish huquqi umumiy maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurt-laridagi faoliyatlar orqali ta'minlanadi. Bundan tashqari, aspirantura va doktoranturada ham bilim olish mumkin (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi).

Konstitutsiyaviy huquq - har bir mamlakatning huquq tizimidagi yetakchi huquq. Uning yetakchiligi shundaki, boshqa har qanday huquqlar tartibga solinadigan huquqlar tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning asosi Konstitutsiyaviy huquqda belgilanadi (masalan, bilim olish huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, ma'muriy huquq va h.k.). Konstitutsiyaviy huquq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tuzilishning asoslarini, saylov tizimini, insonning aso-siy huquq, erkinliklarini va burchlarini o'rnatuvchi, tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisidir.

Milliy teng huquqlilik - shaxsning huquqiy holati tamoyillaridan. Barcha fuqarolar, millatidan qat'i nazar, qonun oldida, davlatni boshqarishda va barcha huquqlardan foydalanishda tengdir. Bu masa-lalarda hech bir millatga imtiyoz berilmaydi. Ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning madaniyati, tili, urf-odatlari hurmat qilinadi va ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi.

Milliy g'urur - xalqni xalq, millatni millat qilib ko'rsatadi. O'z­bekiston mustaqilligi tufayli o'zbek xalqning milliy g'urur tuyg'usi jahon bo'ylab qad ko'tardi. Jahon xalqlari mehnatkash, shon-shuhrati yuksak bo'lgan o'zbek xalqini tan oldi. O'zbekiston fuqarolarining hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati muqaddas sanalib, ular davlattomo-nidan himoyalanadi.

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi - insonning asosiy konstitut­siyaviy shaxsiy huquqfaridan biri boiib, shaxsiy va oilaviy sirlarni qonun bilan himoya qilishni anglatadi. Dunyodagi eng yaxshi konsti-tutsiyalar shaxsning shaxsiy hayoti to'g'risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz to'plash, saqlash, foydalanish va tarqatishni ta'qiqlab, bu qoidani shaxsiy hayot daxlsizligining kafolati sifatida belgilaydi.

Huquq — ushbu so'zning bir necha ma'nosi bo'lib, birinchidan, u davlat tomonidan bajarilishi majbur qilingan yurish-turish qoidalari, xatti-harakatlar yig'indisi. Ikkinchidan, huquq tushunchasi fuqarolarga berilgan imkoniyat. Huquq konstitutsiyaviy va oddiy huquqlarga bo'linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy normalar bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan belgilanadi. Uchinchidan, huquq o'z navbatida tarmoqlarga bo'linadi.

Ular: konstitutsiyaviy huquq;

ma'muriy huquq;

fuqarolik huquqi;

jinoyat huquqi va boshqa-lar.

Ular alohida hujjatlar bilan mustahkamlanib qo'yiladi.

Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqqa asoslanganligi huquqiy davlatda quyidagi shartlar, albatta, bo'lishi shart: xalq hokimiyatining amalga oshishi; shaxsning huquq va erkinlikla-rining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham hech qanday holda buzilmasligi; konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyat-ning bo'linish tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi.

Huquqiy madaniyat - fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko'rsatuvchi mezon. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunlarning ahvoli, huquqni amalga oshirish ishlarini tashkil etish darajasi, huquqning obro'yi singari unsurlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq fanining rivojlanish darajasi, huquqni tashviqot qilishning qanday yo'lga qo'yilganligi, madaniyatning umumiy darajasi ta'sir qiladi. Shaxs qanchalik huqu­qiy bilimga ega bo'lmasin, qonun va boshqa qoidalarga amal qiimasa, jamiyat uchun katta zarardir. Huquqiy madaniyat - har bir davlatning qonun asoslari, huquq me'yorlarining rnavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarni bilishi va o'z faoliyatida ularga rioya etishi. Huquqiy ong - kishilarning huquqqa, qonunga odil sudlovga bo'lgan munosabatlarini ifodalaydigan qarashlar yig'indisi. U hur-matda bo'iish yoki huquqni mensimaslikka ta'sir qiladi. Kishilarning huquqiy ongi qanchalik kuchli bo'lsa, bu huquq normalarining ixtiyoriy bajarilishiga olib keladi. Huquqiy tarbiya jarayonida yoshlarning huquqiy ongi shakllanadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə