O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Konfliktni institutlashtirish



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə160/165
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#110953
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
9ac1019e71f9854120b6450c7dbb5687 KONFLIKTOLOGIYA FANINING O’QUV USLUBIY MAJMUA

2.Konfliktni institutlashtirish.
Institutlashtirishning vazifasi. Konfliktlarni oldini olishning anik usullaridan biri bo’lgan institutlashtirish eng ko’p tarkalgan usuldir. Uning moxiyati shundaki, konflikt o’sib borgan sari konfliktda ishtirok etuvchi taraflarning manfaatlarini ifoda etuvchi va ko’llab-kuvvatlovchi turli komitetlar, partiyalar, tashkilotlarni tuzish yuzasidan xarakatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon konflikt ishtirokchilarining tarkok va izchil bo’lmagan talablari, e’tirozlari, maqsadlarini tartibga solinishiga olib keladi. Vositachilik tashkilotlarini tuzishga karatilgan ishlar olib boriladi, bu tashkilotlar nosiyosiy institutlarning kompetentli, xolis, demokratik kayfiyatga ega vakillaridan shakllantiriladi. Institutlashtirish jarayoni konfliktlarning borishini tartibga solish imkoniyatini beradi, shu bilan birga, u konfliktni bartaraf qilishning muayyan potensial kiyinchiliklaridan xoli emas. Institutlashtirish jarayonining ziddiyatlili shundaki, konfliktli vokealar to’lkinida vujudga kelgan tashkilotlar oddiy ishtirokchilar doirasining manfaatlaridan fark kiluvchi o’zining juda tor manfaatiga ega bo’lishi mumkin. Umuman bu konfliktli vaziyatni murakkablashtiradi, ba’zida uning xal etilishi bunday tashkilot o’z obro’si va ta’sirini saklab turgunicha yo’kka chikarishi mumkin.
Agar konfliktlarni jiddiy bartaraf etishning imkoni bo’lmasa va ishtirokchi taraflarning fakat bittasi ustunlikka ega bo’lgan xollarda institutlashtirish jarayoni konfliktlarni tartibga solish va bartaraf etishning zamonaviy, ma’rifiy tartibi xisoblanadi.
Ijtimoiy konfliktlarni xal qilishning bunday ma’rifiy usuli xozir zamon ¦arb demokratiyasi uchun tipik xisoblanadi. R.Dalning fikricha, demokratik sharoitlarda zo’rlik ishlatishning imkoniyatlari cheklanadi. U fakat butun bir jamiyatda o’z tarafdorlariga ega bo’lmagan kamchilikka nisbatan istisno xollarda ko’llanilishi mumkin. Ijtimoiy muammolarni xal etishning asosiy usuli bu ularni tinch yo’l bilan xal etishdir. U konfliktlarni tinch yo’l bilan borishini ta’minlovchi eng kulay yettita shartni sanab ko’rsatgan:
- maslaxatlar va muzokaralar olib borish, manfaatlarni o’rganish, o’zaro foydali yechimlarni kidirish tarafdorlari bo’lgan institusional tuzilmalarning mavjudli;
-muammolarni samarali xal qilishni nazarda tutgan bitimlarning keng doirasi;
- konfliktlarni kumulyativlilining mavjud emasli;
- keng iktisodiy imkoniyatlar (to’kin-sochinlik);
-avval konfliktlarni tinch yo’l bilan xal kilinishi natijalari xakida fukarolarning ijobiy xabardorli;
-foydalanilishi mumkin bo’lgan kuch ishlatish vositalarining taraflar o’rtasida teng bo’lishi;
- tinch yo’l bilan xal qilishga imkon beruvchi yetarli sharoitlarning ko’p bo’lishi1.
3.Normativ mexanizmlar.
Konfliktlarni normativ tartibga solish. Konfliktni insti-tutlashtirish xakida gapirganda uni tartibga solishda normativ yondashuvning axamiyatini aloxida ta’kidlash zarur. Xulk-atvor normalarini ma’lum darajada institusional tuzilma deb xisoblash mumkin, institutlar teshli normalarsiz amal kilmaydi. Konflikt insonlar o’rtasida xar kanday munosabat kabi u yoki bu darajada ijtimoiy xulk-atvor normalari bilan tartibga solinadi. Bunda turli ko’rinishda va mazmunda normalar amal kiladi: huquqiy, axlokiy, diniy, siyosiy va x.
Konfliktli vaziyatni axlokiy, diniy normalar bilan xam tartibga solish mumkin. Konflikt bilan boglik axlok normalari odatda o¦zaki va umuman anik shakllanmagan bo’ladi. Birok, amaliyotda axlok normalariga murojaat qilish juda kam uchraydi.
Konfliktlarning normativ tasnifi uchun huquq normalari muxim axamiyat kasb etadi. Axlok va diniy koidalardan fark kilib, huquq normalari qonunlar va boshka xujjatlarda mustaxkamlanadi va davlat tomonidan sanksiyalanadi. Bundan konfliktning o’zini va sababini huquqiy baxolash rasmiy xarakterga ega ekanli va xech kimning tazyiki bilan o’zgartirilishi mumkin emasli tushuniladi.
Kuyida konflikt ishtirokchilarining xulk-atvoriga normaning ta’sir etuvchi mexanizmi xususida to’xtalish lozim.
Huquq normasi, xar kanday boshka ijtimoiy norma kabi, odamlar xulk-atvoriga ta’sir etishning bir necha usullariga ega. Bu birinchidan, axborot orkali ta’sir etish: norma individ (ijtimoiy gurux)ga davlat tomonidan ma’kullanadigan xatti-xarakatning variantlarini taklif etadi, u yoki bu xarakatning okibatlari xakida ogoxlantiradi. ikkinchidan, u axamiyatli ta’sir ko’rsatadi, chunki u jamiyat va davlat tan olgan kadriyatlarni e’lon kiladi, uchinchidan, huquq normasi unda talablarni e’tiborga olmaydiganlarga nisbatan ta’sir chorasini ko’llovchi majburlov kuchiga ega. Norma buzilgan takdirda huquqni ko’llash mexanizmi xarakatga keladi, huquqni ko’llash faoliyatini amalga oshiruvchi muassasalar va mansabdor shaxslar ishga kirishadilar.
Yukorida sanab o’tilgan barcha usullar bo’yicha huquq: a) konflikt sabablariga; b) uning nezi(konfliktli vaziyat)ga; v) uning rivojlani-shi va xal kilinishiga; g) konflikt yakunlanishi okibatlariga va ish-tirokchilar takdiriga ta’sir etadi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə