O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə111/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

5. Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari
Eramizning boshlarida Hindixitoy va Indoneziya yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar shakllanadi. So’nggi jez davrida xo’jalikning yuqori taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga o’tish, davlatni shakllanishiga olib keladi.
Janubiy Hindistonning dravid xalqlari orqali shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi bilan doimiy aloqalar o’rnatiladi. Tekislikda vyetlarda bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy birlik kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, tog’li viloyatlarda ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan.
Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir etnolingivistik guruh ichida tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni tog’lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy har xillik sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo’ldi.
Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye (Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar kam sonli bo’lgan.
Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog’langanlar. Bu davlatlar ichida eng kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning butun mon va kxmer tekisligini egallagan.
Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. avv IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi va hukmdor hokimiyati kuchayadi.
V-IV asr boshlarigacha qadimgi kxmer jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok etmagan edilar. Sekin-asta ular dengiz bo’yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib inqirozga yuz tutadi. Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə