O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari qadimda



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə109/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

3. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari qadimda
Botqoqli vodiylar, kichik tog’ daryolari, tropik o’rmonlar bilan qoplangan baland tog’lar janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli hol. Bu yerda eramizdan avvalgi VIII ming yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’lgan. Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.
Janubiy-sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar austroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar) orollarda austroneyziylar (malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib austri xalqlari deb ataydilar.
Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy hindi-xitoy tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda aholi dastlab mis keyinchalik jez davriga mustaqil o’tadilar. Er. avv. II ming yillikda janubiy-sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni viloyatlardan orqada qola boshlaydi. Daryolarning murakkab tizimi xo’jalikning bosh yo’nalishi bo’lgan sholikorlik zarur bo’lgan sun'iy sug’orish tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, sholikorlik bilan shug’ullanadigan kichikroq qishloq jamoalari qolavergan.
Faqat so’nggi jez asrida er. avv. I ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida (Dongshon qishlog’i yonida bu madaniyatning birinchi qabri topilgan) janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari vodiylarida katta-katta dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda omoch dehqonchiligi paydo bo’ladi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasi murakkablashadi.
Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos iyerogliflarga o’xshash yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi tarixini qayta tiklashda ilk o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol o’ynaydi. Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh qadimgi vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi shimoliy Vetnam orqali Yanszi quyi oqimigacha cho’zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to’rt guruhini ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz qirg’og’i: janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya davlatlari; shimoliy Hindixitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar davlatlari.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə