O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Mavzu: 5.Qadimgi Misr madaniyati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə31/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Mavzu: 5.Qadimgi Misr madaniyati.
5. Mavzu:Qadimgi Misr madaniyati.
Rеja:
1.Misrliklar diniy e’tiqоdi.
2.Misrda yozuv va adabiyot
3.Misrda mе’mоrchilik va хaykaltarоshlik
4.Ilmiy bilimlarning vujudga kеlishi.


Tayanch tushunchalar.
Misr dini. Quyoshga sig’inish. «Quyosh mamlakati», Ra-quyosh xudosi.A menxotep IV (Exnaton) diniy isloxot. Ko’mish marosimlari. Osiris, Isida, Xor(Abidos triadasi), Ptax, Soxmet, Nefertum(Memfis triadasi), Amon, Mut, Xonsu (Fiva triadasi).Mumiyolash. Til, yozuv, ta'lim tizimi. Adabiyot. Sinuxet hikoyasi.»Fir'avn Xufu va sehrgarlar», «Egri va to’g’ri to’g’risida», Tasviriy san’at va memorchilik. Piramida va sog’onalar qurish .Xufu piramidasi. Amon-Ra.Xatshepsut ibodatxonasi. Ilmiy bilimlarning vujudga kеlishi. Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari. Sais davri madaniyati.
1.Misrliklar diniy e’tiqоdi.
Misr dini. Misrda din ilk urug’chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Diniy an'analar mustahkam va turg’un bo’lgan fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unga odamlar totem-xayvonga, qabila boshlig’iga sig’inishgan. Misrliklarning xudolari xayvon qiyofasida: Anubis-o’liklar saltanatining podshosi, bo’ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va yozuv xudosi. Soxmet-sher boshli urush iloxasi va boshqalar.
Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlanganlar. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa, xuddi shunday parvarish qilingan, u kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir tanlashda ham ahamiyat berishgan. Agar buqa o’lib qolgudek bo’lsa uni mumiyolab, marosimlar o’tkazib alohida bir qabrga ko’mishgan. Va uning o’rniga yangi tug’ilgan xukizcha izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan, chunki ho’kiz qora rangli bo’lib, peshonasida uchburchak shaklidagi oq belgisi bo’lishi kerak bo’lgan. Bunday hayvonni topish juda mushkul hisoblangan. Misrliklar daraxtlarga , o’simliklarga va gullarga ham e'tiqod qilishgan.
Quyoshga sig’inish Misr dinida eng yuqori o’rinda turgan.Misrning o’zi «Quyosh mamlakati», uning fir'avnlari esa «Quyoshning o’gli» deb atalgan. Qadimgi podsholikda Ra-quyosh xudosi hisoblangan, keyinchalik u Amon-Ra bo’lgan. Yangi podsholik davrida esa,fir'avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy isloxot o’tkazib, yakkaxudolikni joriy etadi. Ya'ni u hammani Atonga («Quyosh shu'lasi») sig’inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo’lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko’pgina qullar bilan, ya'ni bu qullar nur qiyofasida, lochin qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko’p madhiyalar aytilgan.
Gor (Xor)-zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u lochin qiyofasida tasvirlangan.Gor Osirisning o’gli. «Osiris va Gor» to’g’risidagi afsona, ayniqsa Misr dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Afsonada aytilishicha, Osiris-hosildorlik xudosi, qachonlardir Misrning podshosi bo’lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, boglar yaratishni urgatadi. O’zining akasi Set tomonidan o’ldiriladi. Set-zulmat va yovuzlik xudosi hisoblanadi. Osirisning o’gli Gor Setni maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan so’ng, Gor g’olib chiqishi uchun o’zi ko’zini Osirisga berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa yerga qaytmaydi, u yer osti saltanatining o’liklar podshosi bo’lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo’ri sifatida Gor tiriklar saltanatida qoladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə