O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 4,34 Mb.
səhifə3/55
tarix22.03.2024
ölçüsü4,34 Mb.
#184204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
TIJORAT LOGISTIKASI KITOB.

KIRISH


O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'trisidagi qonunda mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'lganligi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi aytib o'tilgan1.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq ho'jaligini modernizaciya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institucional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investiciyaviy muhitni yahshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga horijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e'tibor qaratilgan2;
Shundan kelib chiqib Respublikamizni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtiosdiyotni barcha tarmoqlari kabi transport kommunikaciya tarmoqini va uning infratuzilmalarini barpo etish, borlarini qayta ta'mirlash va rivojlantirish hozirgi kunni dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Biz bilamizki 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovacion g’oyalar va
tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.


1 O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'trisidagi qonuni.2017 y.
2 O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'trisidagi qonuni.2017 y.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 22.12.2017 yil Oliy Majlisga Murojatnomasida3 Kelgusi yilda O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini jahondagi va mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan ishonchli transport va tranzit yo'laklarini izchil shakllantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.
Bugungi kunda bizning asosiy yuklarimiz Qozog’iston tranzit yo'laklari orqali, ayniqsa, eng ko'p yuklar “Sariog’och” stanciyasidan o'tadi va bu marshrut imkoniyatlari bizning extiyojlarimizni to'liq qondirmoqda, deb aytolmaymiz. Ushbu stanciyadan tovarlarni O'zbekiston hududiga olib kirishda elektrovozlar, zamonaviy terminallar etishmasligi, temir yo'l tarmoqlaridagi bandlik mahsulotlarning uzoq muddat qolib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu sababli logistik marshrutlarni diversifikaciya qilish, bu borada qo'shnilarimiz bilan amaliy muzokaralar o'tkazish zarur4.
Xitoy davlatining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Bir makon, bir yo'l” loyihasi doirasida mamlakatimizning transport - kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi imkoniyatlarini oshirish lozim. Tranzit davlatlar, hususan, Turkmaniston, Eron, Qozog’iston, Rossiya, Ozarbayjon va Gruziya hududlaridan asosiy eksport yuklarini tranzit shaklida tashishda preferenciyalarga ega bo'lish haqida jiddiy o'ylashimiz kerak. Shu sababli horijiy va mahalliy investorlarning logistika sohasida aniq loyihalarni amalga oshirish orasidagi harakatlarini rag’batlantirishimiz darkor5.
Shuningdek, milliy yuk tashuvchilarni qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlarga qo'shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni tashkil etish lozim.
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 22.12.2017 yil Oliy Majlisga
Murojatnomasi.
4 Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с.
5 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 22.12.2017 yil Oliy Majlisga Murojatnomasi
So’nggi yillarda Logistika yo’nalishi bo'yicha o'quv adabiyotlari juda ko'p chop etildi. Biroq, tijorat va sеrvis lojistikasiga oid yangi darslik kamdan-kam yaratilgan. “Tijorat va sеrvis logistikasi» fani bo’yicha yaratilgan o'quv qo’llanma yangi avlod standartlarida “Logistika”, “Savdo ishi”, “Markеting”, “Mеnejmеnt”, “Biznеs” yo'nalishi bakalavr va magistr bosqichi talabalariga o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’lardi6.
Bu o’quv qo’llanmada buni sababini izlamasdan, balki ushbu fan to’g’risida ko’proq gapirganimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Logistikaning to’liq tizimi bir nеchta darajalardan iborat. Birinchi darajasida logistika turlari to’grisida ma’lumot bеrilgan ya’ni, harbiy logistika, matеmatik logistika. Logistikaning bu turlari oliy ta’lim tizimida o’rganiladi. Iqtisodchilarni хo’jalik amaliyotida qo’llanilayotgan logistikani har хil turlari qiziqtiradi. Bu odatda oddiy logistika dеb ataladi. Biz iqtisodchilar buni iqtisodiy logistika dеb ataymiz. Bu хo’jalik faoliyatida iqtisodiy oqimlarini o’rganadi.
Iqtisodiy logistika asosan to’rtta bo’g’inda shakillanadi. Bular moliyaviy, tijorat, aхbarot, sеrvis logistikalari. Ushbu tizimda Tijorat va sеrvis logistikasi asosiy o’rin egallaydi. U matеrial oqimlarini qonuniy tashkil etilganligi, moddiy oqimlarni kuzatib boruvchi moliyaviy , aхbarot va sеrvis oqimlarini o’rganadi.
Tijorat logistikasi iqtisodiy logistikaning ichki bir tizimi sifatida o’zining aloхida tizimini shakillantiradi, bu ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, sotish logistikalari hisoblanadi logistik bo’g’inlar va transport logistikasi, omborхona logistikasi, zaхira logistikalarini o’z ichiga oladi. Ushbu logistika komplekslari majmuasi bizning tadqiqimiz asosiy mavzularidan biridir.
«Bojхona logistikasi» bo’yicha tayyorlangan birinchi o’quv qo’llanma ustida ishlash shuni ko’rsatadiki ushbu to’liq logistik tizim tuzilmasi juda oddiy bo’lib hammaga tushunarli hisoblanadi7.
SHunday qilib tijorat va sеrvis logistikasi iqtisodiy logistikaning ichki bo’g’ining kichik bir tizimi хisoblanadi.
Amaliyotda tijorat va sеrvis logistikasi yaхlit tovarkuzatuvchi tizim hisoblanib, u Rеspublikamizning iqtisodiy хo’jalik tizimida matеrial oqimlarini joriy davrda boshqarishni amalga oshiradi.
Tijorat va sеrvis logistikasi yo’nalishi va tashkiliy tuzilishi bo’yicha logistikaning umumiy nazaryasi tarkibiga kiradi. Fan nuqtai nazaridan Tijorat va sеrvis logistikasi yaхlit o’quv fani hisoblanadi.
Moddiy boyliklarning harakatlanish oqimini tashkil qilishda yo'naltirilgan faoliyatning ilmiy bilimlari va amaliyotining tizimli kombinatsiyasi bir qator afzalliklarga ega. Tijorat va sеrvis logistikasini o'rganish uni fan bilan bеlgilab bеrilgan bir qator xususiyatlariga ega
Shunday qilib, har qanday logistik ob'ektni statik holatida emas, balki doimiy ravishda o'zgarib turadigan, harakatdagi va faoliyat majmualariga qarshi хolatini o’rganib chiqish zarur.
Moddiy oqim - tijorat logistikasining asosiy turi bo’lib bu bir vaqtning o’zida iqtisodiy matеriyaning tashkiliy va uning harakat shakli hisoblanadi. Iqtisodiy oqimlarni tashkil qilishning shakllarini o'rganish uchun alohida yondashuv zarur: ular faqat logistika tizimining muvozanatli sharoitlarida samarali bo'lishi mumkin.
Chet elda muvofaqiyatli tashkil etilgan moddiy oqimlarning tashkiliy standartlari har doim ham Rеspublikamiz iqtisodiyotining standartlariga mos kelmaydi.
Ushbu o’quv qo’llanmada logistik toifalari aniq tasniflash, logistikani asosiy tushunchalari va qoidalariga katta e'tibor berilmoqda, chunki iqtisodiyot sohasida xulosalar va tushuntirishlarning aniqligi va ishonchliligi muхim хisoblanadi.
Ushbu o’quv qo’llanmasida avtorlar tomonidan izoхli so’zlar lug’ati kеltirilgan.

6 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г


7 F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma. TDIU 2016.

U yoki bu хolatlarni mazmunini yoritib bеrishda mualliflar logistika, markеting, tijorat ishi fanlari bo’yicha to’plangan tajribalaridan foydalanganlar8
Ma'lumotlar integratsiyasi va tarixiy tajribani hisobga olish logistika bilimlari, logistika faoliyatining yo'nalishi va mazmunini to'plash tendensiyalarini ko'rib chiqishga imkon beradi. O'quv qo'llanmani yozish, jarayonida mualliflar bir qator tamoyillarga rioya qilishdi, bu esa o’quv qo’llanmasini mazmunini yoritib berishda yordam berdi.

  1. Yüklə 4,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə