O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  2. A.Smitning mehnat taqsimoti, ayirboshlash, qiymat va pul



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

67 


2. A.Smitning mehnat taqsimoti, ayirboshlash, qiymat va pul 
to’g’risidagi ta’limoti. 
A.Smit o’z kitobida markaziy o’ringa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va 
uning farovonligini oshirishni qo’yadi. Asarning boshida A.Smit «har bir xalqning 
yillik mehnati dastlabki jamg’arma bo’lib, u xalqga yashash uchun zarur bo’lgan 
barcha narsani beradi», deb qayd qilib o’tadi. Demak, boylikning manbai mehnat. 
A.Smit .bu fikrni rivojlantirib mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil 
hisoblanadi degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning 
unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi 
misoli g’rdamida asoslab beradi. Ustaxonada o’n kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat 
taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to’g’rilaydi, uchinchisi kesadi, 
to’rtinchisi uchini o’tkirlaydi va h. Bir kunda bu o’n kishi 48000 to’g’nog’ich, ya’ni 
xar bir kishi 4800 donadan to’g’nog’ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir birlariga 
bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko’p 
to’g’nog’ich tayg’rlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat 
unumdorligi 240 barovardan ko’proq oshgan. 
A.Smitning fikri bo’yicha mehnat taqsimoti - bu milliy mahsulot yaratish 
jarag’nida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli 
hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarag’nini amalga oshirishda kishilarning 
chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, negaki doimo bir ish turidan boshqasiga 
o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun 
katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Taraqqig’t va jamiyat farovonligining haqiqiy 
manbai «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat 
taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni chuqurlashtirish imkoniyatlari 
cheklangan bo’ladi, negaki birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid 
qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat bo’lmaydi, ikkinchidan,
korxonalarning ko’lami qancha kichik bo’lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar 
shuncha kam bo’ladi (foydalanag’tgan kapital miqdoriga qarab). 
Ushbu nazariyadan, milliy boylikning ko’payishi jamiyatdagi ayrim sinflar 
faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda - savdogarlar, fiziokratlarda- er egalari), 
balki mehnat taqsimotida qatnashag’tgan barcha kishilar faoliyatining natijasidir, 
degan xulosa kelib chiqadi. Boshqacha so’z bilan aytilganda, foydalilik yaratuvchi 
har qanday mehnat unumli mehnatdir. Ammo bu masala bo’yicha A.Smitda izchillik 
bo’lmagan. Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan 
bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga o’qituvchilarning, 
yuristlarning, xarbiylarning, ma’muriyatning, g’zuvchilarning va shu kabilarning 
ko’rsatag’tgan xizmatlari kirmaydi. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodig’tda qishloq 
xo’jaligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U xunarmandlar va 
savdogarlar mehnatini er egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, deb 
tasdiqlaydi. Negaki oxirgisiga tabiat «g’rdam» beradi va «dehkonchilikka qo’yilgan 
kapital haqiqiy boylikga va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda 
A.Smitning ta’kidlashicha, iqtisodig’tning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari 
68 


bahosi pasayib borish tendentsiyasiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa 
o’sish tendentsiyasiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq xo’jaligiga 
qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana boshlaganini va 
hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo bo’lganligini hisobga oladigan 
bo’lsak, A.Smitning bu xatosini tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli 
mehnat kontseptsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarag’nidagi kapital 
rolini etarlicha tushunmaganligi natijasidir. U, xususan, kapitaldan keladigan
daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa
tadbirkorlik riski kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to’lov sifatida ko’rsatib 
beradi. A.Smitning fiziokratik bid’atlari
 
jamiyat o’z resurslarini, birinchi navbatda
qishloq xo’jaligiga, ikkinchi navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga 
yo’naltirishi kerak degan tasdiqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat 
to’ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab 
chiqarishining hal qiluvchi rolini ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi. 
A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning roliga alohida urg’u berib o’tadi. 
Uning tasdiqlashicha, 
o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy tarzda bo’ladigan ayirboshlash 
natijasida pulning xo’jalikda qo’llanilishi kelib chiqadi.. Odamlar ko’p o’tmay natural 
ayirboshlashning noqulayliklarini seza boshlaydilar va pul rolini bajaruvchi 
tovarlardan asta-sekin foydalanishga o’tadilar. Keyin pul birligini yaratishga davlat 
hokimiyati jalb qilindi va uning huquqiy holati o’rnatildi. Jamiyat uchun natural 
ayirboshlashdan ko’ra, pulli ayirboshlash foydali bo’ldi. Shuning uchun pulli 
ayirboshlashga o’tish milliy boylikni ko’paytirishga imkoniyat yaratib berdi. 
Kapitalni tashkil etish jarag’ni ham o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy bo’ladi. 
Odamlarning jamg’armaga bo’lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o’z kapitalini 
ko’paytirish imkonini beradi, negaki jamg’arma investitsiyaning zaruriy sharti 
hisoblanadi. Kapitalning o’sishi - millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat 
taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili: kapital qancha ko’p bo’lsa, 
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Buning 
ustiga kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda boylikni ko’paytirishning yagona 
vositasi bo’lishi
mumkin. Shuning uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Uning g’zishicha 
«har bir isrofgar jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam - 
jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir» 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə