biz x ga teskari nishabli va talabning daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy nishabli talab
egri chizig’iga ega bo’lamiz.
Bundan tashqari, bu erda foydalilik funktsiyalarining additivligi
1
taqozo
etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi
boshqa tovarlarning
foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal
qilishi mumkin bo’lib, bunday bog’liqlik natijasida u - miqdori ko’payganda MU
x
kamayadi yoki ko’payadi. Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni grafik ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda
(baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab
egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi. D egri
chizig’i iste’molchi uchun mazkur tovarning me’yorli
foydaliligining pasayish
qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me’yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi.
Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar
sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu
ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir biriga to’g’ri keladi. Qachonki taklif
bahosi talab bahosi bilan tenglashsa muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P
1
–
muvozanat baho. Ushbu
bahoda sotuvchilar bir xil Q
,
miqdordagi tovarni sotishni
xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni;
P
1
0
Q
1
Q
Dostları ilə paylaş: