O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
2-Rasm 
 
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar 
sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada 
baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib 
olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va 
natijada baho pasayadi. Bu jarayon qachonki sotish bahosi muvozanat bahoga teng 
bo’lganda tugallanadi. Avval ko’rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me’yorli 
foydalilik va me’yorli xarajatlar bilan aniqlanadi. 
Demak, D talab egri chizig’i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib 
borishi bilan odatda tovarga bo’lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada 
kamayadig’ A.Marshall bu sovalga javob berish uchun talab elastikasi tushunchasini 
kiritadi. Baho bo’yicha talab elastikasi TE baho muayyan darajada pasayganda talab 
1
Additivlik (lat), ob’ektning miqdor xossasi: uni qanday bo’lishdan qat’iy nazar, bir necha bo’laklarga 
bo’lganda, shu bo’laklar qiymatlari yig’indisiga teng bo’ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo’laklari 
hajmlarining yig’indisiga teng. 
126 


qanday miqdorda o’sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday 
miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo’ladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 
1 % ga oshsa; TE=2,5 bo’ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa 
va hokazo. 
Agar talab egri chizig’ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo’lsa, unda 
ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o’zgirishi mazkur tovarni sotishga ta’sir 
ko’rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo’lsa, unda sotish miqdorining ancha 
kamayib ketishdan qo’rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo’lsa, unda 
bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko’paytirishi mumkin. Boshqacha 
aytganda talab noelastik bo’lganda foyda bahoning o’sishi hisobiga ko’payishi 
mumkin, talab elastikasi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish 
mumkin. 
Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlarning bir-birlarining o’rnini osongina 
bosa olishiga bog’liq. Shuning uchun ommaviy iste’mol tovarlariga bo’lgan talab 
kam elastik bo’ladi. 
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas, negaki 
talab va taklifga vaqt tushinchasi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi va shu bois uni tahlil 
qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha qisqa bo’lsa, talabning qiymatga 
bo’lgan ta’siri shuncha kuchli bo’ladi, bu davr qancha uzoq bo’lsa, ishlab chiqarish 
xarajatlarining qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi. 
Shu sabali A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq muddatli muvozanat 
turlarini ajratib ko’rsatib beradi. Bir zumli muvozanatda taklif o’zgarmaydi. Bunday 
sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo’lmagan 
quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak 
bo’ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor 
bahoni oshirish hisobiga qo’shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq 
bozorida baliqqa bo’lgan talab oshdi deylik. Baho ko’tarildi, lekin o’sha kuni 
sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). 
Shuning uchun taklif egri chizig’i to’g’ri chiziq (S) ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida 
qayd qilib o’tkanimizdek baho oshadi (P
1
dan P
2
ga, 3-rasm). 
P

P
2
E1 
P
1
E0 
D2 
D1
Q
1
=Q
2


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə