faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o’rtasidagi farq hisobiga
foydani ko’paytirishga imkon beradi.
J.M.Keyns o’z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular
«Ehtimollar to’g’risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926),
«Pul to’g’risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning «Ish bilan bandlik, foiz va
pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili chop etildi.
J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat bilan ham
shug’ullandi. U yirik sug’urta kompaniyasining raisi, investitsiya kompaniyasining
boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal» muharriri, davlat chinovnigi, moliya vazirligining
iqtisod bo’yicha maslaxatchisi lavozimlarida ishladi.
Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy inqiroz va
ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug’ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik
muammolari bo’yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushi
yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yil uni
AQSh hukumati bilan lend-liza kelishuvi bo’yicha materiallarni va boshqa moliyaviy
hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritdi. 1942 yil
Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yil Xalqaro
valyuta fondi va Tiklanish va rivojlanish xalqaro bankini tashkil etish rejasini ishlab
chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o’z mamlakatining bosh vakili qilib
tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv
a’zolaridan biri etib tayinlandi.
Dostları ilə paylaş: