O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
153 


 Ayirboshlash tenglamasi. 
 
M. Fridmen kontseptsiyasi garchi o’ziga xosligi bilan ajralib tursa ham, u 
pulning miqdoriy nazariyaisga asoslanadi. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, pul 
miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, baholar 
muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi, pulning sotib olish qobiliyati esa baho 
darajasiga bog’liq. Pul massasi ko’paysa baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi 
kamaysa baholar pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda 
tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi. 
Bir qancha o’rtacha hisob kitoblarga muvofiq, tovar aylanishini ta’minlovchi 
naqd pul taxminan bir yillik daromadning o’ndan bir qismini tashkil etadi. Boshqacha 
aytganda pul yiliga o’n marta aylanadi. Pul bir yilda 10 marta aylansa, unda misol 
uchun 10 mln. so’mlik bir yillik daromadni (mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 
mln. so’m bo’lishi kerak. Agar muomaladagi pul miqdori 1 mln. so’mdan 2 mln. 
so’mga ortsa, unda (boshqa shartlar o’zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar 
oshadi. 
Ayirboshlash tenglamasi (uni I. Fisher tenglamasi deb atashadi) 
monetarizmning asosiy tenglamasi hisoblanadi:
MV=PQ 
bu erda M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R – baholar 
darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. 
Tenglamaning chap tomonidagi MV jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib 
olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini bildirsa, o’ng tomonidagi PQ esa 
ushbu boyliklarni sotishdan tushgan sotuvchilarning umumiy daromadini bildirdi. 
Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy 
xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, 
ya’ni SMM = PQ. 
Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog’liqliklarni ancha aniq tasavvur 
etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yoki (R) baholar, yoki (Q) ishlab 
chiqarish miqdori o’zgaradi. 
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) , va ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi deb 
hisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning 
mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning 
aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash 
omillar bilan ifodalanadi. 
Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida 
yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil 
hisoblanadi, deb xulosa qiladilar. Pul massasi va sof milliy mahsulot o’rtasidagi 
o’zaro o’zviy bog’liqlik, ularning qayd qilib o’tishicha, M dan nominal SMM 
yo’nalishi tomon boradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə