O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  2. Monetarizmning asosiy qoidalari. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

152 


2. Monetarizmning asosiy qoidalari. Pul massasi va iqtisodiy tsikllar. 
 
M. Fridmen kontseptsiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarofdorlari u yoki 
bu darajada qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz. 
Birinchi qoida – bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar 
fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini 
o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. 
Mabodo muvozanat buzilsa baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat 
qiladi. Nomutonosibliklarning vujudga kelishi odatda ichki sababalar natijasida emas, 
balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatalar natijasi 
hisoblanadi. 
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M.Keynsning 
iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi 
qaratilgandir. 
Ikkinchi qoida – pul omilining muhimligi. Iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi 
turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun qo’yiladi. Aynan ular (ma’muriy, baho 
uslublari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga 
qodir. 
Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan 
bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli 
ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga 
qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab 
chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida 
qaraydi.
Pul – bu maxsus tovar; pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni 
xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. Pul 
maxsus funktsiyani amalga oshiradi, tartiblash, barqarorlashtirish rolini bajarishga 
qodir. U iqtisodiyotga pulni ishlab chiqaruvchi va moliya siyosatini shakllantiruvchi 
bank tizimi, institutsional tuzilmalar orqali ta’sir ko’rsatadi. Pul bahoga, ist’emolga 
bo’lgan talabga, xarajatlar darajasiga, ishlab chiqarish hajmiga va tuzilishiga ta’sir 
ko’rsatadi. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki 
mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul 
massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab 
chiqarishning tsikli tebranishida aks etiladi. 
Uchinchi qoida – tartiblash joriy vazifalarga emas, balki o’zoq muddatli 
vazifalarga mo’ljalangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar 
natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan 
keyin ta’siri bilinadi. Odatda lag (vaqtincha o’zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U 
shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan 
emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati 
joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga muljallangan bo’lmay, 
balki o’zoq muddatli xarakterga ega. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə