O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  Sinflar nazariyasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

56 


Sinflar nazariyasi. 
 
F.Kene o’zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch 
sinfga ajratib ko’rsatib beradi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli 
sinf - bu qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan barcha kishilar, dehqon va 
fermerlar ham kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. «Unumsiz» sinf - bular 
xunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya’ni dehqonchilikdan 
boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta’minlaydilar, o’z 
iste’moliga qanchalik mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular 
jamiyat uchun foydali, ammo o’zining ham, jamiyatning ham boyligini 
ko’paytirmaydi, shu ma’noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi er egalari, unga qirol va 
ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z 
paytida erlarni o’zlashtirgan, erning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar tomonidan 
olinadigan daromad - bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in’om. Albatta, 
jamiyatning sinflarga bunday bo’linishi noto’g’ridir. A.Smit fiziokratlarning bu 
boradagi ko’z qarashini kinoyali ravishda shunday deydi: agar ularning mantig’iga 
amal kilsak, unda faqat ikki farzand ko’radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan 
olish kerak bo’ladi.
 
57 


 
Kapital nazariyasi. 
Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to’g’risidagi birinchi chuqur nazariy 
tushunchani F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar kapitalni pul bilan bir narsa deb 
hisoblagan bo’lsalar, F.Kene fikriga ko’ra «pul unumsiz boylik bo’lib, u hech narsa 
ishlab chiqarmaydi». Uning atamasi bo’yicha qishloq xo’jaligi qurollari, qurilishlari, 
mollari, hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish tsikllarida 
foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (Hozirgi zamon 
atamasi bo’yicha - asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish tsiklida ishlatiladigan urug’lik, 
em-xashak, ishchilarning mehnat haqi va boshqalarni u «har yillik avanslar»ga kiritdi 
(Hozirgi zamon atamasi buyicha - aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat 
kapitalni ishlab chiqarishdagi roliga qarab uni asosiy va aylanma kapitallarga 
bo’lishdangina iborat emas. Undan tashqari, u aylanma kapital bilan birga asosiy 
kapital ham xarakatda bo’lishini ishonarli qilib isbotlab berdi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə