Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she'rlar va ularning mualliflari haqida ma'lumot



Yüklə 13,01 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü13,01 Kb.
#128531
Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she\'rlar va ularning mualliflari haqida ma\'lumot

Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she'rlar va ularning mualliflari haqida ma'lumot


Reja:

  1. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she'rlar haqida ma'lumot

  2. Bevosita bolalarga mo`ljallangan asarlar.

Bolalar adabiyoti bugungi kunda o`zining janriy va tematik xususiyatlari jihatidan turli-tuman, o`ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng taniqli yozuvchilari o`z iste`dodlarini va faoliyatlarini bag’ishlashgan. Chunki ular insoniyat kelajagi o`sib borayotgan avlod qo`lida ekanligini yaxshi anglashadi. . . Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta`biri bilan aytganda, o`zining dunyoqarashida "bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga" ko`tariladi. Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar ta`sirida maydonga keldi, deyish mumkin:

    1. Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga mo`ljallangan, ammo vaqt o`tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik kitobxonga so`zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi yunon afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari).

    2. Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan fol'klor hamda mumtoz asarlar (fol'klordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar, shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari).

    3. Bevosita bolalarga mo`ljallangan asarlar. Biz ba`zida adabiy ijodga tirik asos bo`lgan narsa haqida mushohada qilib ham o`tirmaymiz. Bu esa "so`z" edi. Ibtidoiy zamonda aytilgan "hikmatli so`z" odamlar uchun "samo"dan kelgan belgi, "ilohiy ishora" sifatida namoyon bo`lgan, qaysiki, bu hikmatlarni xotirada saqlash, uni avloddan avlodga etkazish mas`uliyati paydo bo`lgan. Bu urinishlar dastlab, aytish mumkinki, sinkretik shaklda inson bilan u ilohiylashtirgan tabiat kuchlari orasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi marosim qo`shiq va raqslarida ifoda etilgan. Asta-sekin insonning mehnat faoliyati davomida, uni tabiat ne`matlaridan foydalanishni o`zlashtirishi davomida hamda hali o`zi ham atrof-muhitda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni to`g’ri anglab yetmagan, qanaqadir kuchlarni o`zicha his etib, uni inson qiyofasid tasavvur qilib, ilohiylashtirib, g’ayritabliy kuchlarga ega bo`lsa-da, ammo o`zining intilishlari, xatti-haraktlari bilan oddiy insonlarga juda o`xshab ketadigan, xudolar haqidagi miflarni yaratganlar. Bu miflar avval toshlarga o`yilgan rasmlarda, idishlarda, matohlarda aks ettirilgan bo`lsa, yozuv paydo bo`lishi bilan - mixxat shaklida sopolda (tablichkalarda), ierogliflar shaklida papiruslarda, terida, matohlarda birinchi alifbolarning harflari bilan yozilgan. Bunga o`xshash ma`lumotlarni o`zida aks ettiruvchi arxeologik qazilmalardan bizga nafaqat qadimgi tariximiz haqidagi dalillar, balki badiiy adabiyotning eng yuqori xususiyatlariga ega bo`lgan asarlar orqali ham ayon bo`ladi. Aytish mumkinki, aynan shu manbalar jahon adabiyotining shakllanish jarayoniga o`z hissasini qo`shgan.

Hozirgi zamon o‘zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlaryuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan - yangi avlodi kamol topdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan ko‘plab hukoyalar yaratildi. Hakim Nazir, YoqubjonShukurov, Nosir Fozilov, Xudoyberdi
To‘xtaboyev, Turg‘unboy G‘oipov, Rahmat Azizxo‘jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Ergash Rayimov, Safar Barnoyev, Abdusaid Ko‘chimov, AnvarObidjon va boshqalarning maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan qissa va hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqdi. Juda ko‘p hikoyalarda kichkintoylar hayotidagi turli sarguzashtlar va ziddiyatlar o‘z ifodasini topmoqda.
Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini va undan foydalanishning eng oddiy malakalarini (kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish) tarbiyalash maqsadida bolalar bog‘chasining har birgliruhida kitob burchagi tashkil etiladi. Kitob burchagi uchun qulay joy tanlanadi.
Shuning uchun kitob burchagiga stol lampasini qo‘ygan ma’qul. Kichik guruhda kitob burchagi kitob tokchasida yoki stol ustida tashkil etiladi.
Katta guruhlarda esa kitob javonida tashkil etgan ma’qul. Chunki bu guruhda kitob boshqa guruhlarga nisbatan ancha kokp bo`ladi. Kitob burchagi 0‘zining tashqi ko‘rinishi bilan bolalarni o‘ziga jalb qilishi kerak. Kitob burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo'yish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa shoir va yozuvchilarning, masalan, Zulfiya, Q. Muhammadiy, E. Vohidov, P. M o‘min, A. Oripov va h. k. larning portretlarini osib qo‘yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblarini bolalarga o‘qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir guruh uchun „Dastur“ asosida kitoblar tanlanadi. Qo`shimcha adabiyotlar ham tarbiyachi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi. O’rta guruhning kitob burchagida kichik guruh bolalari uchun „Dastur ro`yxati“ga kiritilgan kitoblar ham bo'lishi mumkin, xuddi shunday katta guruhning kitob burchagida ham kichik, o‘rta guruh uchun moljallangan kitoblar bo’lishi kerak. Katta guruhda tashkil etilgan (javon) kitob burchagi mavzular bo`yicha tashkil etilib, ular bir-biridan ko‘rsatkich taxtacha bilan ajratib qo`yiladi, ya’ni ko‘rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan, tabiat to‘g‘risidagi kitobni yoki ertak kitobni bola osonlik bilan topib olishi uchun tabiat manzarasi tasvirlangan yoki ertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan bir-biridan ajratib o`yiladi. Kichik guruhda bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan (ikki. uchta) qo`ylidi, chunki kichik guruh bolalarining birqanchasi bir vaqtda ko'rishni istaydi. Kitob burchagidagi kitoblarni vaqti- vaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar tarbiyachi kitob burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotganini ko`rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo'yib, bir qancha vaqt o`tgach, yana kitob burchagiga qo‘yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yirtilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko‘rib bo`lishgach , u muqovalanib qo`yiladi. Kitobni shunday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko 'rinib tursin.
Kitob burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o`zlari mustaqil ko`rishlari uchun albomlar ham bo`Lishi kerak. Tarbiyachi albomlarning mavzusini , , Dastur“dan, ya'ni bolalarnitevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tan ish tirish , tabiat bilan tanishtirish bo‘limlarining dastur talablari va vazifalari asosida tanlaydi.
Bular bolalar bog‘chasining maishiy-xo‘jalik, jam o at hayoti mavzulariga taalluqli rasmlar bo lish i mumkin. Hamma guaihlardagi kitob burchaklarida h ar qaysisida 8—10 ta rasm yoki fotosuratlar solingan bir n ech a papka (har bir guruhda 8—10 tadan) h am d a bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bolishi kcrak. Papkalarga undagi materlallarga tegishli illustratsiyalar yoki manzaralar tasviri solib qo‘yilgan bo‘ladi. Bolalar rasmlarni kokzdan kechirib bo‘lganlaridan keyin ularni kerakli papkalarga joylashtiradilar. „Bizning O'zbekiston“ , „Toshkent —
O‘zbekistonning poytaxti“ , „Q adimiy va navqiron Buxoro“ , „Samarqand — qadimiy obidalar shahri“ , , , 0‘zbek milliy hunarmandchiligi“ , „Buxoro zardo‘zligi“ , „Onalarimiz m ehnati“ , „Bizning bayramlar“, „Ertaklar olamida“ va nomlardagi albom va papkalar bo'lishi mumkin. Yirtilgan kitoblarni yamash kitob burchagining zaruriy ish shakllaridan bo'lib, kichik guruhlarda tarbiyachi o‘zi bolalar oldida kitobni yamaydi, katta guruhlarda esa bu ishda tarbiyachiga bolalar yordamlashadi. Tarbiyachi bolalarning kitob burchagida o kzlarini qanday tutishlarini, kitobga qanday munosabatda bolayotganliklarini, bolalarning kitobdagi rasmlarni ko`rishga qanchalik e’tibor bcrayotganliklarini nazorat qilib.
bolalar bilan yakka tarzda sluig'ullanadi.
Yüklə 13,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə