O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  O’rganish metodi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

55 


O’rganish metodi. 
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning 
tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to’g’risidagi kontseptsiya tashkil etadi. 
Uningcha, mazkur kontseptsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy 
manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni 
to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning jismoniy va ma’naviy qonunlari 
hisoblanadi. Tabiiy tartib tabiatda, tirik organizmda, hayvonot dung’sida mavjud 
bo’lgan tabiiy qonunlar bilan boshqarilib turiladi. F.Kenening g’zishicha, tabiiy 
tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy 
manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan 
sharoitda bo’ladi. Ana shunda dung’ o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga 
F.Kene ogohlantirib o’tadi: «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan g’ki yirik er egalari 
vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan 
ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib 
chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan beboshlikni keltirib 
chiqarishi mumkin». U, yuqori davlat hokimiyati tabiiy tartib qonunlarini yaxshi 
biladigan, o’qimishli bir shaxs ko’lida bo’lishini maqsadga muvofiq deb hisoblagan.
 
 Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot. 
 
F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (xozir uni milliy daromad 
deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof 
mahsulotning manbai er va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band 
bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) 
ko’payishi ishlab chiqarish jarag’ni bilan bog’liq bo’lgan «er in’omidir». Shu boisdan 
davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’jaligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik 
qilishi kerak. F.Kene «Dehqonlar kambag’al bo’lsa qirollik kambag’al bo’ladi, 
qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi» deb, hukumatni ishontirishga 
harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va xunarmandlar 
qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va 
o’zgartirish bilan shug’ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» 
hisoblanadi. U erdagi tovarning o’sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat 
xarajatlarini qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda 
ko’paymaydi. Keyinchalik A.Smit fiziokratlarning sanoatning «unumsizligi» 
to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko’rsatib 
beradi. 
F.Kene merkantilistlarning boylik savdoda yaratiladi degan tezisini tanqid 
qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning ayirboshlanishi ekvivalentli 
bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda 
qiymatning hech qanday o’sishi sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik 
hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq
uningcha, davlatning boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə