O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

104 


«Kapital». 
K.Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning mashhur asari 
«Kapitalda» berilgan. Uning bu asari to’rt tomdan iborat bo’lib, birinchi tom 1867 
yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o’limidan keyin F.Engels 
tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 1896 yil) chop etildi. To’rtinchi tom 
tugatilmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi 
bo’lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapitalning» birinchi tomining 
mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni tadqiqot 
etiladi. Uchinchi tomida bir butun olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga 
tavsif beriladi. To’rtinchi tom («Qo’shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar 
tarixiga bag’ishlangan. 
K.Marks «Kapital»ga yozgan so’z boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi 
zamon jamiyati», ya’ni kapitalistik burjua jamiyati «harakatining iqtisodiy qonunini 
ochib berishdir» – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab 
chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qilishini 
va tanazzulga yuz tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining 
mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu 
sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi. 
Qiymat nazariyasi. 
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga 
sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o’lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab 
chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil 
individual qiymatga ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni 
mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, 
balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan 
belgilanadi. «Iste’mol qiymatga ega bo’lgan qiymatning miqdorini, - deb yozadi 
K.Marks, uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori 
bilangina, ya’ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o’z 
jinsidan bo’lgan tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». 
Ijtimoiy zarur ish vaqti normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi 
mehnat malakasi va intensivligining darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron-bir 
tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat 
qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar 
o’zining qiymati bo’yicha ayirboshlanadi (Ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish 
vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat qonuniga 
amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd 
qilib o’tkanimizdek, ayni jamiyatda o’rtacha mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Bu
ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning yagona o’lchovi mehnat ekanligini 
bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o’lchov bo’la olmaydi, negaki ular 
miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. 
105 


K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat nazariyasidan 
farqiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning nisbiy qiymati to’g’risida so’z 
yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini 
taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos ob’ektiv xususiyatdir. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə