O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
 
Muammoli savollar: 
“Qiymat” va “qimmat” atamasidan qanday sharoitda foydalaniladig’ 
Naflilik bahoni shakllantirishga qodirmig’ Buyumning umumiy foydaliligi bilan 
konkret (me’yorli) foydaliligi o’rtasida qanaday farq borg’ «Qaychining ikki tig’i» 
nimaga ishlatilgang’ «A.Marshall inqilobi» qanday baxslarga nuqta qo’ydi. 
 
 
1. 
Marjinal inqilob (870 yillar) uning namoyonlari S.Jevons, Karl 
Menger, Leon Valraalarning marjinal kontseptsiyalari. 
 
XIX asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga marjinalizm 
iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz 
berdi. O’sha davrda xo’jalik jarayonlarini tahlil qilishga yangicha yondashuv asosini 
solgan (bir-biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga kelib chiqdi. 
Ular ingliz Stenli Jevons (1835-1882), avstryalik Karl Menger (1840-1921), asosan 
Shveytsariyada istiqomat qiluvchi frantsuz Leon Valras (1834-1910). Mazkur 
muammoga sal keyinroq, lekin o’ziga xos, mustaqil yo’l bilan yondashgan amerikalik 
olim J.B.Klarek hisoblanadi Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) ana shunday vujudga 
keldi. F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli 
iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasini foydalanadilar va rivojlantiradilar. 
Ayni paytda matematika sohasidagi ixtirolar iqtisodiy 
nazariyaning 
rivojlanishiga turtki bo’ldi. Marjinalistlar differentsial hisoblash metodi va me’yorli 
nazariyalardan faol foydalandilar. Ularning tadqiqotidagi asosiy dastak – bu me’yorli 
(marginal) tahlil bo’lib, mazkur maktabning nomi ham shundan kelib chiqqan. 
Me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo’llanib kelinmoqda. 
Marjinalizm nazariyasiga iqtisody jarayonlarni sub’ektiv – psixologik metod 
asosida tahlil qilish xosdir. Unda iqtisodiy hodisalarning mohiyati emas, balki 
ularning o’zgarishi boshqa hodisalarning o’zgarishiga bog’liqligini ifodalovchi, yangi 
g’oya – me’yorli (max yoki min) miqdor yoki holat tushunchalaridan foydalanib 
iqtisodiy jarayon va hodisalar tushuntiriladi. Masalan, me’yorli foydalilik nazariyasi 
narxning tashkil topishini mahsulotlarni iste’mol qilishdagi samaralilik bilan bog’lab 
115 


tadqiqot qiladi va ushbu baholanayotgan mahsulot birligi ko’payganda ehtiyojlarning 
qondirilishi qanchalik o’zgarishini ko’rsatib beradi (xarajatlar kontseptsiyasidan farq 
qilgan holda). Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli 
unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish 
xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida 
tushuntiradi. 
U yoki bu muammolarni muqobil tarzda echish amal qiladigan iqtisodiy 
hayotni marjinalistlar turli bozorlar yig’indisi ko’rinishida tasavvur qilganlar. Ishlab 
chiqaruvchi tovar ishlab chiqarganda turli resurslardan har birining me’yorli 
foydaliligiga baho bergan holda eng keraklisini tanlaydi. Iste’molchi o’zining 
cheklangan daromadlarini ehtiyojlarni ko’proq qondiradigan qilib tovarlarni sotib 
olishga taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o’z foydasini 
maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid qilingan 
ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə