O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Renta nazariyasi.
 
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta erga bo’lgan 
mulkchilikni realizatsiya qilish shaklidir. Er maydoni cheklanganligi, uning er egalari 
qo’lida bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi 
o’rtacha erdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon erdagi 
ishlab chiqarish xarajatlariga qarab, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’rtacha 
sharoitga qarab emas, balki eng yomon
sharoitga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi erdagi (yoki eng yaxshi 
sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq differentsial rentani bildiradi. 
K.Marks differentsial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim er uchastkalarining 
hosildorligi bir-biridan farq qilganda, erga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan 
farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. Differentsial renta ikki shaklda – 
differentsial renta I va differentsial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab 
chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon erdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish 
bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha erdagi mahsulotlarning individual ishlab 
chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut differentsial er renta I ning negizi hisoblanadi. 
Erga qo’shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differentsial renta II ni tashkil 
etadi. 
K.Marks differentsial renta bilan birga absalyut rentaning ham amal qilishini 
ko’rsatib beradi. U, absalyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital 
uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va erga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan 
bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti 
qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil 
ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda normasini o’rtacha darajaga keltiruvchi «kapital 
oqimi» mexanizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholaridan (qo’shimcha qiymatning 
o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) 
balki dehqonchilikda qoladi va er egalari tomonidan absalyut renta shaklida 
o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absalyut renta nazariyasi 
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanishi kelib chiqadigan uning qimmat nazariyasi 
doirasidan tashqarida hech qanday kuchga ega emas. 
J.S.Mill va K.Marks ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning 
yakunlanganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan 
iborat: 
112 


1. 
Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga intiluvchi «iqtisodiy 
odam» sifatida ko’riladi. Axloq, madaniyat, urf-odat va shu kabilar nazarda 
tutilmaydi. 
2. 
Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida ham, 
shuningdek uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. 
3. 
Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va 
renta to’g’risidagi to’liq ma’lumotga ega. 
4. 
Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va kapital bir 
zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin. 
5. 
Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. Boshqacha 
qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchining ko’payishiga olib 
keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchining kamayishiga olib 
keladi. 
6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi. 
7. 
Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslushuvchan bo’ladi(mehnat 
bozorida uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 
8. 
Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jamg’arilishi hisoblanadi. 
9. 
Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa davlatning haddan tashqari 
aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bunday sharoitda «ko’rinmas qo’l» 
resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi. 
10. Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echib berishga, sanoat 
tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi 
jamiyat keladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə