48
tomonidan ta‘riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun
yasaganidan keyin yuz berdi.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning
keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yigʻma) ma‘nodagi fan – bu butun inson faoliyati sohasi boʻlib,
uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni oʻrganish va ilmiy nazariy
tizimga solishdan iboratdir. Bu erda ―fan‖, ―olim‖ tushunchalari
muayyanlashtirilmaydi
va umumiy, yigʻma tushunchalar sifatida talqin
qilinadi. ―Fan‖ tushunchasi falsafaga tatbiqan koʻpincha ayni shu kontekstda
qoʻllaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman oʻrinlidir.
Muayyan fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani
ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma‘no
yuklanadi. Bu erda fanga aniq ta‘rif berilgan,
olim esa tor mutaxassis,
muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va
albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan
muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi)
haqidagi ilmiy bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil
topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning oʻzigagina xos boʻlgan
maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona boʻlgan til,
kategoriyalar apparati va hoka‘zolarga ega boʻladiki,
bu yuz bergan
jarayonlarni toʻgʻri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni toʻgʻri tushunish
va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan
sharoitda yuz berishi mumkin boʻlgan voqealar yoki jarayonlarni ma‘lum
darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni
ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona
boʻlib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtayi nazari yoki dunyoqarashiga
mutlaqo bogʻliq emas. Ular mazkur sohada olgʻa siljish uchun oʻzlashtirish
lozim boʻlgan, vaqt va amaliyot sinovidan oʻtgan bilimlar yigʻindisi sifatida
avloddan-avlodga oʻtadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik
muxlislarining son-sanoqsiz
savollariga tajriba yoʻli bilan olingan ba‘zi bir oqilona javoblar mavjud
boʻlgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya‘ni amaliyot sinovidan oʻtgan, kundalik
hayotda oʻz tasdigʻini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday
javoblar masala «yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab boʻlgan,
boshqacha aytganda, aniq ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda koʻp misollar keltirish mumkin. Masalan,
har qanday
uchburchak burchaklarining yigʻindisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka
solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik ogʻirligiga teng kuch ta‘sir
koʻrsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar oʻzining «ochiq» xususiyatini
yoʻqotgan, ya‘ni ular oʻzining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq
yyechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qoʻshimcha
49
mushohada yuritish foydasizligi tufayli oʻzining har qanday ahamiyatini
yoʻqotganligini anglatgan. Echilgan masalalar va muammolar esa aniq,
ishonchli bilim darajasiga oʻtgan va shu davrdan e‘tiboran oʻzining
falsafiy
tusini yoʻqotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim
qoidani ta‘riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof
etgudek boʻlsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon
falsafa
hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli boʻladi, deb
qayd etdi.
Shunday qilib, azaldan yaxlit va boʻlinmas dastlabki bilim sifatida amal
qilgan falsafa zaminida oʻsha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli
yoʻnalishga ega boʻlgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. Shu tariqa
asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika,
geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, oʻz
shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma‘noda falsafa
barcha fanlarning asosi hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach,
keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba‘zan parchalanib, oʻz
tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining
teranligi va narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda
oʻrganilayotgan masalalar doirasi torayadi.
Dostları ilə paylaş: