67
Bobilning ikkinchi gullab-yashnashi Yangi Bobil xoqonligiga toʻgʻri
keladi (612–538). U forsiylar tomonidan yakson qilingan. Qadimgi Bobil-
―bronza davri‖ madaniyatining tipik namunasi. U toʻgʻrisidagi manbalar
toshdagi va qotgan loydagi yozuvlar boʻlib, ular assuriya-bobil (akkad) tilida
bitilgan. Assuriya hukmdori Ashshurbanipal kutubxonasida 30 mingdan
koʻproq loy jadvallar mavjud boʻlgan. Matnlarda ish xujjatlari, qoidalar,
tarixiy ma‘lumotlar, tibbiy retseptlar, lugʻatlar, matematik masalalar, xudolar
sharafiga bagʻishlangan bitiklar qayd etilgan. Ularda qadimgi ilmiy va
dunyoqarash mazmuniga ega ma‘lumotlar ham oʻz aksini topgan.
Qadimgi Bobil xoqonligi davriga oid koʻp matematik masalalar
mavjud. Ular orasida koʻpaytirish jadvali, kvadrat va kub sonlar, hisoblash
pozitsion sistemasi bor. Shumer va Akkad-Bobilda oltmishlik hisob sistemasi
oʻylab topilgan. Eramizgacha ikkinchi ming yillikda Bobil olimlariga kvadrat
diagonalining tomonlarga munosabati, aylananing radiusga munosabati
ma‘lum boʻlgan. Ular kvadrat va kub tenglamalarga mos keluvchi
masalalarni echishgan.
Qadimgi Bobil astronomlari Aleksandr Makedonskiy davriga
(eramizgacha IV asr) kelib, oy va quyosh tutilishi davriyligini aniqlashgan.
Ikki
minginchi
yil
boshida
quyosh-oy
kalendarini
yaratishgan.
Hammurapining qoʻshimcha oy toʻgʻrisidagi buyrugʻi hozirgacha saqlangan.
Bu 12 oydan iborat oy yilini (354,36 sutka) quyosh yiliga (365,24 sutka)
yaqinlashtirish maqsadida qoʻllangan. Keyinchalik 8 quyosh yilining 90 oyga
(oy yilidagi) yaqin boʻlishi aniqlangan.
Ilmiy bilimlar bilan uzviy bogʻliq holda ratsional bilish, tafakkur
koʻnikmalari hosil boʻla boradi, falsafiy dunyoqarash elementlari shakllana
boshlaydi. Lekin Bobilda falsafa paydo boʻlgan emas. Hatto, Yangi Bobil
hoqonligi davrida ham olamning tuzilishi mif, afsonalar asosida
tushuntirilgan. Ilmiy bilim kurtaklari hali fanni hosil qilish darajasigacha
rivojlanmagan .
Dostları ilə paylaş: