60
dunyo va gʻayri tabiiy dunyoga boʻlish xos. Dinning asosi gʻayritabiiy
kuchlarga ishonch bilan yoʻgʻrilgan.
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan oʻzining atrof-muhitga
tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli
funksiyasini bajaradi,
gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar
chiqaradi.
Falsafa
nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar,
insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi
yutuqlariga tayanilgan
nazariy munosabati .
Falsafaning ahamiyati, uning insonni oʻz-oʻzini,
olamni anglashga,
ijodiy barkamollikka yoʻnaltira olishidadir.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qanday muammolar falsafiy muammolar deb ataladi?
2. Mifologik dunyoqarashning oʻziga xos jihatlarini ayting.
3. Dinning asosiy funksiyalari qaysilar?
4. Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy
farqi nimada?
5. Falsafa nimani oʻrgatadi?
6. Falsafa va fanning oʻzaro nisbati qanday?
7. Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta‘riflang.
8. Falsafa tarixini oʻrganish qanday maqsadni koʻzlaydi?
9. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi me‘yor
hisoblanadi?
10. Ayrim insonning yaxlit falsafiy dunyoqarashi falsafiy plyuralizm
asosida qanday shakllanadi?
11. Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga ta‘rif
berish
qanday amalga oshirilgan?
12. Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda?
Dostları ilə paylaş: