74
tasavvuf falsafasining shakllanishiga asos boʻldi. Keyinchalik Sharq
panteizmi Farobiy ijodida oʻzining eng mukammal koʻrinishiga ega boʻldi.
Falsafada odamni tabiiy taraqqiyotning oliy koʻrinishi, Parvardigor yaratgan
eng mukammal va moʻtabar xilqat deb qarash mavjud. Farobiy va ibn Sino
asarlarida bu tez-tez tilga olinadi.
Sharq peripatetizmi IX-XI asr YAqin va oʻrta Sharq, Markaziy Osiyo
falsafasining yirik oqimi boʻlgan. Asosiy vakillari sifatida – al-Kindiy (800–
879), al-Farobiy (870–950), Ibn Sino (Avitsenna 980–1037), Ibn Tufayl
(1110–1185), Ibn Rushd (Averroes, 1126–1198) kabi faylasuflarni olish
mumkin. Bu oqimning boshqacha nomi Sharq mashoyunchilaridir.
Mashoyunchilar sifatida antik davr Yunon falsafasining yirik vakili Aristotel
va neoplatonizm oqimi ta‘limotini Sharqdagi maktabi va bu ta‘limotni yangi
zaminda rivojlantiruvchilar hisoblangan. Sharq mashoyunchilari Aristotel
mantigʻini diniy, huquqiy, siyosiy, axloqiy va adabiy sohaga tatbiq etishga
harakat qilganlar va shu orqali Sharqda mantiq ilmi rivojlangan. Shuningdek
Sharqqa xos boʻlgan mantiq ilmi alohida yoʻnalish sifatida shakllangan.
Sharq mashoyunchilarining ya‘ni bir muhim faoliyatlari qadimgi yunon-rim
falsafasi merosini arab tiliga tarjima qilganliklaridadir. Butun dunyo ilmiy
merosining tarjimalari orqali Ilk oʻrta asr Sharq olimlari Sharqda hind,
yunon-rim musulmon dunyosi ilm-fanini birlashtirdilar, bu esa Ilk Oʻrta asr
Sharqida ilm-fan taraqqiyotida uygʻonish davriga asos yaratdi.
Dostları ilə paylaş: