81
Kuzatish, koʻrish, tajribalar qilish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish,
ma‘lumotlarni toʻplash, xalq ogʻzaki ijodi, yozma yodgorliklarni oʻrganish,
barcha xabar, manba‘larga tanqidiy qarash haqiqatni aniqlash uchun ularni
bir-biri bilan taqqoslab koʻrish, til qurilishini, yozuvlarni oʻrganish – bular
hammasi oʻrta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy ilmiy
usulining asosini tashkil etadi.
Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta‘sirida
shakllangan. U modda va zamon, qonuniyat, zarurati va tasodifiyat, harakat
va rivojlanish, ziddiyat sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta
e‘tibor bergan. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim oʻrin tutadi.
Beruniy fikricha bilishga boʻlgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan,
bu oʻziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini
qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib bergan ma‘lumotlardan boshlanadi. Ular
bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun oʻziga xos koʻmakchi va asos
boʻlib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali
belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari oʻrganiladi, ularning
miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib
boradi. Beruniy fikriga koʻra, inson qiyofasi tabiat ta‘sirining natijasidir.
Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson Cheksiz sa‘y-harakatlar oqibatida
tubdan oʻzgartirishi mumkin. Har bir kishi oʻz xulq-atvorining sohibidir.
Jamiyat tadrijiy oʻzgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun
gʻamxoʻrlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tugʻi ostida
boshqarish mutafakkirning idealidir.
Dostları ilə paylaş: