73
alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar
arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning
―Almajistiy‖ (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va
Arastuning qator asarlari arab tiliga oʻgirildi. ayniqsa, Arastuning mantiqqa
oid asarlarining tarjima qilinishi Bagʻdod ziyolilari dunyoqarashining
butunlay oʻzgarishiga olib kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida Oʻrta Osiyoni Toxiriylar (821–873), Safforiylar
(873–904), Somoniylar (875–999), Gʻaznaviylar (977–1186), Qoraxoniylar
(999–1212) va Xorazmshohlar (1077–1231) kabi sulolalar boshqargan.
Saljuqiylar (1033–1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi Oʻrta Osiyo
hududini butunlay oʻz na‘zorati ostiga oladilar
1
. Ma‘lumki, saljuqiylar
sulolasi ilgarigi mavqei yoʻqolgan xalifalikni boshqarayotgan Bagʻdod
xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan
davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida
uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid Gʻazzoliy
va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qoʻllab-quvvatlagan. U
Bagʻdodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni
toʻplaydi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur,
Samarqand, Bagʻdod kabi shaharlarda ―Nizomiya‖ nomidagi madrasalar
ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e‘tiborli tomoni shundaki,
koʻpgina olimlar oʻz sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan,
birinchi boʻlib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr
arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri boʻlgan. Umuman olganda,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda koʻplab oʻzgarishlar falsafa, tabiiy-
ilmiy bilimlar rivojida muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarni
vujudga keltirgan. Oʻz navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan
ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: