71
Konfutsiyning ta‘kidlashicha, shaxs faqat oʻzi uchun emas balki jamiyat
uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta‘limotida insonning hayotdagi
ijtimoiy oʻrni nihoyatda ulugʻ, u oʻziga ravo koʻrmagan narsani boshqalarga
ham ravo koʻrmasligi, oʻziga ravo koʻrgan narsani boshqalariga ham ravo
koʻrishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy
tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik gʻoyalari takomilida muhim
oʻrin tutgan. Bu ta‘limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini
darajasiga koʻtarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir
(VI–V asrlar). Uning ta‘limotiga koʻra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao
qonuniga boʻysunmogʻi lozim. Daosizm ta‘limoti ana shu tariqa shakllangan.
Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va
uygʻunligi abadiyligining e‘tirof etilishidir. Bu qonunga koʻra, olamning
asosini tashkil etuvchi ―Si‖, ya‘ni beshta unsur – olov, suv, havo, Yer va
yogʻoch yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda
ularning yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Lao-Szining ta‘kidlashicha, olamda
hech bir narsa doimiy va oʻzgarmas, harakatsiz holda boʻlishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi
holatga oʻtib turadi. Qarama-qarshi kuchlar oʻrtasidagi kurash, ya‘ni In va
Yan orasidagi munosabat-bizni oʻrab turgan olamni harakatga keltiruvchi
kuchlar manbaidir. In va Yan oʻrtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod
bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonidan turishi, oʻzini qurshab
turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr koʻrsatishi lozim. Boʻlmasa, Dao
qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu
oʻrinda ekologik falokati nazarda tutgan. ―Kishilar Dao qonunini
buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta oʻch oladi‖, degan edi
Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi
ham tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: