65
bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan koʻproq
vaqt davomida
yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik oxiridan boshlab eramizning
ikkinchi ming yillari oʻrtalarigacha). Upanishadlar mualliflari yashirilgan,
lekin unda real shaxslar, xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati
sezilib turadi.
Upanishadlarda ongning toʻrt holati ajratilib, tavsiflanadi: uygʻoqlik,
uyqu, chuqur uyqu (tushsiz) va sof ong-
turiya
. Upanishadlarda ―hayot nafasi‖
tushunchasi (
pranlar
) muhim oʻrin tutadi. Asta-sekin jonning koʻchib yurishi
konsepsiyasi (
sansara)
, oʻtmishdagi
xulq-atvor, amallar uchun javob berish
(
karma
) toʻgʻrisida qarashlar shakllana boradi. Taqdirni aynan karmaning
belgilashi aytib
oʻtiladi.
Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini
dharma
belgilaydi.
Hind falsafiy sistemalarini odatda veda gʻoyalari,an‘analariga boʻlgan
munosabatiga koʻra ikki guruhga:
astika
va
nastika
ga ajratiladi. Astikaga
vedalar avtoritetini e‘tirof etadigan, ortodoksal, mumtoz sistemalar – vedanta,
nyaya, vaysheshika, yoga, mimansa va sankxyalar mansub.
Vedalar
avtoritetini tan olmaydigan ta‘limotlar qatoriga lokayata, buddizm va jaynizm
kiradi.
Dostları ilə paylaş: