59
ojiz boʻlib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning
bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni koʻrish ufqini kengaytiradi,
uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, oʻziga xos yondashuvlarni taklif qiladi,
shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga koʻmaklashadi.
Zero, aniq ta‘riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan oʻz fikrlari va
xulosalarida bunday erkinliklarga yoʻl qoʻya olmaydi. Vaholanki, falsafiy
tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz
oʻzining betakrorligini yoʻqotadi.
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida
miyada esa monizmga, ya‘ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va
nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday
oʻzlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu
masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va oʻtmishning boshqa
mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni
oʻrgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini
rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan
mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, oʻzi mustaqil oʻylashni va oʻz
aqliga quloq solishni oʻrganishini nazarda tutmogʻi darkor. ayni shu sababli
falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni oʻrgatish, u oʻz shaxsiyatining
ahamiyatini koʻrsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat
qilishiga erishishdan iborat. Bu, oʻz navbatida, barcha odamlar oʻziga
atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan soʻzlar falsafani fan sifatida oʻrganish, uni
bilimlar, tayyor qoidalar va ta‘riflarning muayyan yigʻindisi sifatida
oʻzlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga
ta‘lim berishda paydeyya yoʻlini tanlash – unga «nimani koʻrish lozimligi»ni
emas, balki «qayerga va qanday qarash kerakligi»ni oʻrgatish lozim. Oʻz-
oʻzidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, oʻquvchi va
oʻqituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib boʻlmaydi,
falsafa esa oʻzining sof koʻrinishida yoʻqoladi, «havoga sovuriladi»,
pirovardida kimdir bayon etadigan, kimdir ―oʻtishi‖, oʻrganishi va qolaversa,
imtihon topshirishi lozim boʻlgan ―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda,
falsafadan ta‘limi berish va uni oʻzlashtirish zamirida ham, albatta ijod
yotishi lozim.
Dostları ilə paylaş: