122
(1270–1271), ―Varchunovga qarshi olamning abadiyligi haqida‖ (1271)
kabilardan iborat.
Foma qarashlariga muvofiq ilohiyot va falsafa mohiyatan Aristotel
tushunchasidagi fan hisoblanib, asosida birlamchi prinsip yotuvchi bilimning
ayrim tizimlarida, zaruriy xulosalar faqatgina sillogistik yoʻl bilan
chiqariladi.
Teologiya va falsafa mohiyatan mustaqil fan boʻlib, teologiya hamda
tafakkur prinsiplari bir-biridan farq qiladi. Ilohiy
vahiyning haqiqat qismi
aqldan yuqori harakterga ega deb hisoblanadi (masalan, muqaddas uchlik
aqidasi, birlamchi gunoh tushunchasi). Uning qolgan jihatlari esa ratsionaldir
(masalan, xudoning borligi hamda ruhning abadiyligi aqidalari). Birinchi
haqiqat oʻzida ―vahiy ilohiyoti‖ni yoki ―muqaddas doktrina‖ (lot. sakra
doktrina) ni aks ettiradi, ikkinchisi esa spekulyativ falsafiy fanlarning yuqori
qismi ―tabiiy ilohiyot‖ni namoyon qiladi. Foma fikriga koʻra, narsalar
haqidagi ochiq va aqldan yuqori bilimlar tabiiy bilimlar bilan qarama-qarshi
emas, chunki ularning har ikkisi ham haqiqatdir. Ilohiyot fanlarining maqsadi
va vazifasi ilohiy kitoblardagi haqiqatni barchaga tushunarli, ayon, ishonarli
boʻlishi uchun batafsil talqin hamda tizimli bayon qilib berishdan iborat.
Fomaning ta‘kidlashicha, ilohiyot falsafaning xizmatidan foydalanishi
mumkin. Xristian dinining asosiy maqsadi insonni xalosetish ekan, bu
nuqtayi
nazardan, ―falsafa ilohiyotning choʻrisi boʻlmogʻi kerak‖, deya
ta‘kidlaydi Foma. Shuningdek, u inson tafakkuri va bilimi bevosita tarzda
individual ruhni xalos etishga qodirdir, deya ta‘kidlarkan, Foma Oʻrta
asrlardagi insonni tabiatan ojiz, gunohkor deya baholovchi salbiy jihatlarga
qaramay, ratsional bilimning imkoniyatlarini past baholamaydi, aksincha, uni
eng ijobiy tarzda qoʻllab, oqibatda uni oqlaydi.
Biroq bunda xudoning mavjudligini yaratilgan mavjudotlarga qarab
qisman isbotlash mumkin. Foma Akvinskiy beshta
shunday dalil keltiradi
(lot.
quinque viae
,ya‘ni ―beshta yoʻl‖ yoki ―beshta dalil‖ degan ma‘noni
anglatadi): 1)
ex motu
– ―harakat-sabab‖; 2)
ex ratione effisientis
– ―keltirib
chiqaruvchi sabab‖; 3)
ex kontingente et nesessario
– ―zaruriy sabab‖; 4)
ex
gradibus perfektionis
– ―mukammalik darajasiga koʻra sabab‖; 5)
ex
gubernatione rerum
– ―ilohiylikning narsalar ustidan hukmronlik sababi‖.
Birinchi dalilda Foma, ―harakatlanib‖ (bir-biri bilan qorishadigan),
sifatiy va miqdoriy jihatdan oʻzgarib, paydo boʻlib-yoʻqoladigan,
shuningdek, ―har qanday potensiya va moddiylikdan xoli abadiy harakatsiz
birlamchi turtkida‖ mavjud boʻlishga intilib, turli potensiyalarga oʻz-oʻzidan
realizatsiya boʻluvchi narsalarni keltiradi. Falsafa tarixchisi Kopulston
ta‘kidlaganidek: ―Akvinalik birinchi dalilda ―Harakatlanuvchi‖ narsalar
mavjudligidan ―harakatlanmaydigan‖ yuqori dvigatelning mavjudligiga qarab
boradi‖. U ikkinchi dalilda, azaldan hech qanday sababga ega boʻlmagan
birlamchi sababdan vujudga kelgan, mavjud tartibot yoki borliq ierarxiyasini
123
koʻrsatadi. ―...ikkinchi dalilda akvinalik tartibot
yoki harakatlanuvchi
sabablar ierarxiyasi mavjudligidan, cheklangan deatamalanmagan sabablar
mavjudligiga qarab boradi‖. Uchinchi dalil, mavjud boʻlmagan zaruriyatni
mutlaq zaruriyatga aylantirish uchun, borliqqa ega yoki undan xalos
boʻladigan mavjud narsalar keltiriladi. ―...uchinchi dalilda akvinalik borliqqa
aylanishi va yoʻq boʻlishga qodir (imkoniy) narsalar‖ mavjudligidan, zaruriy
mutlaq zaruriy mavjudga qarab boradi...‖ Toʻrtinchi
dalilda tugal
narsalarning mukammal darajasining mavjudligidan barcha chegaralangan
mukammalikning sababi boʻlgan mohiyatning mavjudligi nazarda tutiladi;
―...toʻrtinchi dalilda akvinalik eng soʻnggi narsalardagi takomillashuv
darajalarning mavjudligidan, eng oxirgi komillikning sababi oʻlaroq
namoyon boʻluvchi vujudning mavjudligiga qarab boradi...‖ beshinchi
dalilda esa moddiy narsalarning maqsad sababidan olam tartiboti uchun javob
beruvchi Aqlga intilish aytib oʻtiladi. ―...beshinchi dalilda akvinalik moddiy
dunyodagi maqsadga muvofiq sababiylikdan, olamdagi maqsadga muvofiqlik
va tartibotga javobgar aqlga qarab boradi.‖
Mazkur mulohazalarning
umumiy jihati shundaki, narsalar va ularning xususiyatlarini harakat
sifatidagi mavjudligi borliqni narsa va unga xos xususiyat sifatida shartlovchi
sababning borligini anglatadi. Narsalarni vujudga keltiruvchi sabablar zanjiri
va narsalarning xususiyati zarurat yuzasidan chegaralangan boʻlishi lozim,
agarda bunday boʻlmasa, hech kim va hech narsa voqelik boʻla olmasdi.
Demak, Foma xulosa qilib ta‘kidlaydiki, yaratilgan narsalarning mavjudligi
shundan dalolat beradiki, olamda qandaydir mangu, cheksiz birlamchi sabab
bor: bu – ilohiy kitoblar tili bilan aytganda, qudratli va bilish imkonsiz
boʻlgan xudodir.
Dostları ilə paylaş: