138
holatini: qoʻrquv, befarqlilik, apatiya, yolgʻizlik kabi kechilmalarni chuqur
tahlil qiladi. Xaydeggerga koʻra, qoʻrquv, bezovtalik, xavotir inson va
olamning subyektiv borligʻini tashkil etadi. Bu subyektiv borliq birlamchi
boʻlib, inson hatti-harakatini belgilaydi. Xaydegger ―olamdagi borliq‖,
―boshqalar borligʻi‖ kabi tushunchalar tizimini keltiradi. Inson qachonki,
jamiyat tomonidan oʻrnatilgan ustanovkalardan voz kechgandagina ya‘ni,
oʻzini mangu emasligini anglagandagina borliq, mavjudlik tushunchasini his
qiladi. Yaspersga koʻra bu jarayon insonning oʻz individualligini izlashi
bilan bogʻliq. Inson individualligi nafaqat fan, balki falsafaning ham obyekti
boʻla olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan ―oliy iroda‖ xudo
tomonidan harakatlantiriladi. Inson ushbu individuallikni chegaradosh
vaziyat, ya‘ni oʻlim bilan yuzma-yuz kelgandagina his etadi. Fransuz
yozuvchisi Alber Kamyu esa, hayot yashashga arziydimi yoʻqmi degan savol
qoʻyadi. Keyinchalik u inson hayoti bema‘ni degan xulosaga keladi. Kamyu,
Sartr, Marsel chegaradosh vaziyatlarni butun insoniyatga xos deb
baholashadi. Bu ma‘noda ekzistensionalizm vakilari glabal olamdagi
keskinliklarni, individ va jamiyat orasidagi tarangliklarni yumshatish yoʻli
bilangina insonga yordam berish mumkin, degan xulosani ilgari suradilar.
Dostları ilə paylaş: