Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Sof borliq gʻoyasi. 
«
Sof borliq»
– bu oʻz xolicha, barcha konkret 
belgilaridan 
xoli 
koʻrinishda 
olingan 
mavjudlik. 
Birinchilardan 
boʻlibParmenid (miloddan avvalgi VI asr) borliq tushunchasidan yoʻqlikning 
mavjud emasligi kelib chiqishini isbotlashga uringan. Amalda biz yoʻqlik 
haqida hatto fikrlay ham olmaymiz, chunki agar biz u haqda oʻylasak, u 
bizning fikrimizda mavjud boʻladi, ya‘ni borliq sifatida fikrlanadi. Binobarin, 
yoʻqlikni tasavvur qilish ham mumkin emas, bu esa uning mavjud emasligini 
anglatadi. Ammo yoʻqlik boʻlmasa, hech narsa paydo boʻlishi ham, yoʻq 
boʻlishi ham mumkin emas.
Chunki paydo boʻlish yoʻqlikdan bor boʻlish, 
yoʻq boʻlish esa – yoʻqlikka aylanishdir. Bundan xulosa shuki, borliq 
«harakatsiz», unda biron-bir oʻzgarish boʻlishi mumkin emas: har qanday 
oʻzgarish nimaningdir paydo boʻlishi va yoʻq boʻlishi bilan bogʻliq. Bundan 
tashqari, borliq yagona, bir jinsli va boʻlinmas: uni qismlarga faqat yoʻqlik 
ajratishga qodir, lekin u mavjud emas. Borliqning chegarasi boʻlishi mumkin 
emas, uning boshi ham, oxiri ham yoʻq, zero, hamonki yoʻqlik mavjud emas 
ekan, borliqni cheklashga qodir boʻlgan narsa ham mavjud emas. 


142 
Gegel «sof borliq» kategoriyasidan foydalanishning boshqacha usulini 
topgan. Uning ontologik konsepsiyasida bu kategoriya Mutlaq gʻoya 
rivojlanish mantigʻining tayanch nuqtasi hisoblanadi. «Sof borliq» va «sof 
yoʻqlik»ning ayniyligini qayd etgan holda, Gegel bu qarama-qarsxiliklar 
sintezidan 
iborat 
boʻlgan 
«shakllanish» 
tushunchasini 
kiritadi 
(zero,shakllanish nimaningdir borligini anglatadi, chunki «shakllanmoqda», 
vujudga kelmoqda, lekin hali borliqqa ega emas, chunki «shakllanmagan», 
vujudga 
kelmagan). 
Shundan 
soʻng 
Gegel 
shakllangan 
nimadir 
«shakllanish»ning natijasi boʻlishini qayd etadi. Bu natija, Gegel fikriga 
koʻra, «mavjud borliq», ya‘ni «sof borliq»dan farqli oʻlaroq, aniq sifatga ega 
boʻlgan borliqdir. 
Albatta, Gegelning shakllanish gʻoyasi muayyan narsaning shunday bir 
holatiki, unda shakllanayotgan narsa bir vaqtning oʻzida ham mavjud boʻladi, 
ham mavjud boʻlmaydi, degan fikriga qoʻsxilish mumkin emas. Ammo har 
qanday shakllanish – bu qandaydir predmetning «sof yoʻqlik»dan emas, balki 
ilgari mavjud boʻlgan boshqa predmetlardan vujudga kelishidir. Har qanday 
«mavjud borliq» «sof borliq»dan va «yoʻqlik»dan emas, balki boshqa bir 
«mavjud borliq»dan vujudga keladi. Gegel fikriga zid oʻlaroq, «sof 
borliq»ning «sof yoʻqlik»ka oʻtishi tushunchalar oʻyinidan boshqa narsa 
boʻlmay, bundan amalda sifat jihatidan aniq biron-bir borliq vujudga 
kelmaydi (buni XIX asrdayoq L.Feyerbax va tushunchalar Gegelcha 
mantigʻining boshqa tanqidchilari qayd etgan). Ontologiya‘ni «sof borliq» va 
«sof yoʻqlik» kategoriyalari yordamida tuzishga intilish XX asrning ayrim 
faylasuflari ijodida ham kuzatiladi (M.Xaydegger, E.Fink va b.). Ammo, 
fikrning mazmunini nima fikrlanayotganini koʻrsatmasdan yoritish mumkin 
boʻlmaganidek, borliq kategoriyasining mazmunini borliqqa nima ega 
ekanligini koʻrsatmasdan yoritish mumkin emas. Fikr hamisha nima haqdadir 
fikr boʻlganidek,borliq har doim nimaningdir borligʻidir. «Sof borliq» ham 
xuddi «sof yoʻqlik» kabi mazmunsizdir (bunda Gegel haq). «Sof borliq» 
tushunchasi quruq mavhumlikdan boshqa narsa emas. 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə