Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Falsafa tarixida borliq muammosi.
Borliq muammosini falsafiy 
anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga 
kelgan qadimgi Markaziy Osiyo, hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq 
kuzatiladi. Xususan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi ―Avesto‖da, 
borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uygʻunligidagi 
mavjudlik deb ifodalanadi.
Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va (ularga diniy-
falsafiy sharhlar) – Upanishadalarda yaxlit ma‘naviy substansiya, oʻlmas jon 
haqidagi gʻoyalar, shuningdek dunyo haqidagi tasavvurlar oʻz aksini topgan. 
Soʻnggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy 
asoslar – olov, havo, suv, yorugʻlik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi 
Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, 


143 
quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yoʻqoladi kabi 
savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – 
Rigvedalarda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab moʻljal 
olgan, unda inson borligʻiga, shuningdek ijtimoiy borliqqa koʻproq e‘tibor 
berilgan. aynii vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e‘tibordan chetda 
qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-
barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi 
ta‘limotda oʻz aksini topgan. Keyinroq ―Oʻzgarishlar kitobi‖da borliqning 
butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi 
qayd etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, oʻzaro kurashi 
haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning 
vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan 
kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga 
kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai boʻlib xizmat 
qildi. Ilk yunon faylasuflari oʻz asarlarini odatda ―Tabiat haqida‖ deb 
nomlaganlari, ularning oʻzlari esa naturalistlar, ―fiziklar‖ deb atalishi bu 
fikrni tasdiqlaydi.
Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun 
borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning oʻzidan izlaganlar, uni dam 
suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan 
boqiy va Cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr taxminan mil. av. 611–545 
yillar) deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy 
kelib chiqishi gʻoyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar 
dengiz suvida vujudga kelgan va suv oʻtlaridan paydo boʻlgan. Soʻngra 
baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. 
Shunga oʻxshash fikrlarni 
Ksenofan (mil. av. 580

490 yillar)
ham ilgari 
suradi. U hamma narsa Yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto 
«biz ham Yer va suvdan paydo boʻlganmiz», deb hisoblaydi.
Oʻsha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan 
savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500-yillar) «hamma narsa 
sondir», degan xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi gʻoya‘ni 
birinchi boʻlib ilgari suradi.
Parmenid (mil. av. 540

480-yillar)
faylasuflar orasida birinchi boʻlib 
borliqni kategoriya sifatida tavsiflagan va uni maxsus falsafiy tahlil 
predmetiga aylantirgan. U haqiqiy borliq mohiyatining oʻzgarmasligi 
haqidagi gʻoya‘ni ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo boʻlmagan va 
u yoʻq ham boʻlmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yoʻq va boʻlishi 
mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U 
oʻz chegaralariga ega boʻlib, «ulkan mutlaqo yuma‘loq SHarga» oʻxshaydi.


144 
Eleatlar maktabi vakili boʻlgan (
samoslik) Melis
«Tabiat yoki borliq 
haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz deb qayd etadi. Uning 
fikricha, agar borliqning chegarasi boʻlsa, bu borliq yoʻqlik bilan 
chegaradoshdir. Biroq, hamonki yoʻqlik mavjud emas ekan, borliq ham 
chegarali boʻlishi mumkin emas.
Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar boʻlgan 
davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlangan: oʻsha davr atoqli 
faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita 
oʻrganib, uni, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya‘ni moddiy-
hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484–421-
yillar) «borliq» ata‘masini bevosita ishlatmagan boʻlsa ham, «barcha 
narsalarning toʻrt negizi» (olov, havo, suv va er) haqida soʻz yuritar ekan, 
dunyo (kosmos) tuxumsimon koʻrinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va 
issiq suv oʻtlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va 
Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «boʻshliq» – 
yoʻqlikka zid oʻlaroq, «toʻla» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan.
SHu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor 
namoyon boʻladi. Geraklit (mil. av. 544–483 yillar) butun dunyo muttasil 
harakat va oʻzgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu 
munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan..
Aristotel (miloddan avvalgi 322

384 yillar).
«Borliq nima?» degan 
savol qoʻygan, tafakkur va borliqning bir xilligi gʻoyasini ilgari surgan. 
Aristotelning fikricha, «borliq kategorial soʻzlash shakllari orqali 
ifodalanuvchi barcha narsalarga oʻz-oʻzidan bogʻlanadi. Zero, bunday 
soʻzlash usullari qancha boʻlsa, borliq ham shuncha ma‘noda ifodalanadi. 
Ayrim iboralar narsaning mohiyatini, ayrimlari - sifatini, ayrimlari - 
miqdorini, ayrimlari – nisbatini, ayrimlari – harakati yoki oʻzgarishini, 
ayrimlari – «qaerda»ligini, ayrimlari – «qachon»ligini anglatgani sababli, 
borliq ularning har biriga mos ma‘nolarga ega boʻladi»
1

Aristotel ontologiyasi asosida uchta ta‘limot yotadi: 
a) borliqning kategorial tahlili (kategoriyalar haqidagi ta‘limot) 
b) borliqning kauzal tahlili (borliqning sabablari haqidagi ta‘limot) 
c) borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili.(imkoniy 
borliqdan 
voqelikka 
oʻtish jarayonining tahlili).Demak, Aristotel 
ontologiyasini tushunish uchun ana shu uch ta‘limot yoki tahlil mazmuniga 
taya‘nish kerak . 
Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427

347 yillar)
sezilarli darajada 
kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega 
ekanligini falsafa tarixida birinchi boʻlib koʻrsatib berdi. Platon «haqiqiy 
borliq» boʻlishi «obyektiv mavjud gʻoyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa 
1
Аристотел // Всемирная энциклопедия - Т.: Современный литератор, 2001. – С.24. 


145 
qarama-qarshi qoʻydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud boʻlgan 
tushunchalar borligʻini ham koʻrsatib oʻtdi va shu tariqa ilk bor «borliq» 
tushunchasiga amalda mavjud boʻlgan barcha narsalarni kiritdi.
 
Borliq muammosiga oid Demokrit va Platon yondashuvi.
. Birinchi 
Demokrit yondashuvi borliqni turli tarzda namoyon boʻlishi va ongda aks 
etishi (diskret situativ-empirik) koʻrinishida tushunishni nazarda tutadi 
hamda naturalizm sifatida namoyon boʻladi
. Bu holda borliq muayyan 
empirik harakatlarga bogʻliq boʻladi va insonning har bir kuni nimadan 
tashkil topsa, Shuning oʻzidangina tashkil topadi. Ikkinchi 
Platon yondashuvi 
borliqning mohiyati xususida alohida mushohada yuritishga yoʻnaltiradi, 
bunda borliq gʻoyaga, erishib boʻlmaydigan orzuga, amalga oshmaydigan, 
noreal jarayonga aylanadi
. Borliqning mazkur sxolastik talqini shiorlar, 
dasturlar, chorlovlar va deklaratsiyalarda hozirgacha mavjud. Real hayot 
jarayonida bu ikki qarama-qarshi yondashuv yakka, xususiy va umumiyning 
oʻzaro aloqadorligi bilan barham topadi. Zero, oʻzining yakkaligida oʻz 
umumiyligini ifoda etmaydigan, oʻzining mavjudlik holati bilan oʻzgarish va 
yoʻq boʻlishni nazarda tutmaydigan bironta ham narsa va hodisa yoʻq. 
Voqealar borliqning mohiyatini namoyon etadi, haqiqiy hayot faoliyatining 
parchasi tarzida yangi sifat kasb etadi. Ushbu jarayondagi shakllanish, 
oʻzgarish, rivojlanish hayot jarayonining tarkibiy qismlaridir. Keyinchalik 
falsafa tarixida borliqning koʻp sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin 
ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki 
bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon 
boʻladi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə