O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

1.3-jadval. 
AQSHda birlamchi va ikkilamchi metallarni ishlab chiqarishni o‘sishi, 
marta 
Metall 
Birlamchi ishlab 
chiqarishni o‘sishi 
Ikkilamchi ishlab 
chiqarishni o‘sishi 
Alyuminiy eritish 
2,5 
4,3 
Mis ishlab chiqarish 
1,1 
1,2 
Qo‗rg‗oshin ishlab chiqarish 
1,6 
1,9 
Titan ishlab chiqarish 
3,8 
9,4 
Bundan tashqari, birlamchi metallar ishlab chiqarishga sarflanadigan ko‗p 
miqdordagi energetik sarflarni hisobga olib, faqat ikkilamchi alyuminiy, mis, 
qo‗rg‗oshin, ruh va magniy ishlab chiqarishdan 1979 yilda 40 mlrd. kVt

soat 
elektr energiya iqtisod qilindi. 
Amerika rangli metallurgiyasi negizida ikkilamchi resurslarni qayta ishlab 
chiqaradigan, yuqori malakali mutaxassislar ishlaydigan tarmoq yaratildi. 
Ikkilamchi metallar va qotishmalarni qayta ishlash quvvati yiliga 10 tonnadan 30 
ming tonnagacha bo‗lgan korxonalarda tashkil qilingan. Ayrim hollarda
korxonalarni birlashtirish, yirik birlashmalarga aylantirish hollari ham yuz beradi. 
AQSHda hozirda uchta yirik, quvvati yiliga 100 ming tonnadan ko‗p ikkilamchi 
alyuminiy eritish korxonalari ishlab turibdi. 
1960-2010 yillar orasida AQSHda ikkilamchi metallurgiyani rivojlantirishga 
0,8 mlrd. dollar kapital qo‗yilmalar sarflandi. Ishlab chiqarish uskunalarini 
modernizatsiyalashtirish, ekologik tadbirlarga mablag‗ sarflash - qo‗shimcha 
xarajatlar sohaga sarflanadigan sarflarni miqdorini ko‗paytirdi. Lekin bu sarflar 
birlamchi qo‗rg‗oshinli ishlab chiqarishga nisbatan 1,1 marta, birlamchi alyuminiy 
ishlab chiqarishga nisbatan 2 marta, birlamchi mis ishlab chiqarishda nisbatan 2,4 


39 
marta, birlamchi ruh ishlab chiqarishga nisbatan 2,6 marta va boshqa birlamchi 
metallar ishlab chiqarishga nisbatan 1,4 marta kam bo‗ldi.
Ikkilamchi metallurgiya korxonalari yirik metall qayta ishlaydigan va mashina 
qurish markazlarida qurilmoqda, bu ishlab chiqarish tannarhini kamayishiga va 
mahsulot realizatsiyasini tezlashtirishga olib keladi. Hozirda AQSH da faqat 
ikkilamchi xom ashyoga hisobiga ishlaydigan yangi zavodlar barpo etilgan. 
«Vestingauz Elektrik» kompaniyasi quvvati yiliga 120 ming tonna misni 
birgalikda eritadigan va prokat qiladigan ikkilamchi metallurgiya korxonasini 
qurishni rejalashtirgan. 
AQSH da ikkilamchi metallar olishga ikki xil mahsulot ishlatiladi: 
1) quymalar, deformatsiyalanadigan yarim fabrikatlarni qayta ishlashda hosil 
bo‗ladigan texnologik temir-tersaklar va ularni chiqindilari; 
2) birlamchi metallarni ishlab chiqarish chiqindilari-quymalar, shlaklar, 
kuyindilar, hamda amartizatsion temir-tersaklar. 
AQSH da texnologik temir-tersak va ularni chiqindilarini asosiy etkazib 
beruvchilarga quyidagi korxonalar kiradi: 
- rangli metallurgiya tarmog‗ining korxonalari; 
- metal iste‘molchilari; 
- avtomobilsozlik; 
- umumiy mashinasozlik; 
- elektrotexnika sanoati. 
Titan va magniy chiqindilari asosan aviatsiya sanoati zavodlaridan olinadi. 
Ikkilamchi metallurgiya korxonalari xom ashyosiga asosiy qismini 
amartizatsion temir-tersaklar tashkil qiladi. Lekin bu xom ashyo resursi to‗liq 
darajada ishlatilmayapdi. Masalan, o‗tgan asrning 70-yillarda AQSH da 
amartizatsion temir-tersaklardan alyuminiyni ajratib olish 0,4 mln. tonnani tashkil 
qildi, biroq potensial imkoniyatlar 1,6 mln. tonna atrofida baholangan edi. 
Amerika iqtisodiyoti ikkilamchi xom ashyoning juda katta rezervlariga ega. 
Mashina, uskuna, uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar holidagi temir-tersaklar 
miqdori kundan kunga ortib bormoqda. Ikkilamchi resurslarni foydalanishni 


40 
kengaytirish maqsadida AQSH da xom ashyoni markazlashtirilgan holda yig‗ish 
va qayta ishlash imkoniyatlari o‗rganilmoqda. Temir-tersak va ularni chiqindilarini 
yig‗adigan kompaniyalar tashkil qilinmoqda, temir-tersaklarni doimiy navlarga 
ajratish liniyali mavjud bo‗lgan qabul qilish punktlari ochilmoqda. Faqat o‗tgan 
asrning 80-yillarda alyuminiy idishlarni qabul qiladigan punktlar soni 1300 dan 
2500 taga etdi. 
Ko‗pgina yirik metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda, mahsulot tannarhini 
arzonlashtiradigan yangi texnologik jarayonlar, qayta ishlash uchun uskunalar 
yaratadigan, 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilarini 
foydalanishga 
tiklaydigan 
(utilizatsiyalash) masalalari bilan shug‗ullanadigan konstruktorlik byurolari 
tashkil qilingan. 
Yallig‗ qaytaruvchi pechlarda qayta ishlashda metallarni isrofi juda yuqori 
bo‗lganligi sababli induksion tigel va kanalli pechlar keng qo‗llanmoqda. 
Avtomobil temir-tersaklaridan metallarni elektro pechli eritish va elektroshlak 
qayta eritish natijasida ajratib oladigan yo‗llar ustida ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Kabel temir-tersaklarini qayta ishlashni samarali yo‗li - sovitadigan 
agentlar yordamida (-195

С gacha) xom ashyoga ishlov beradigan kriogen 
usulidir. Shuningdek, ediruvchi (travilnыy) eritmalarni va oqava suvlarni 
gidrometallurgik usul bilan qayta ishlash keng qo‗llanmoqda. Kelajakda ikkilamchi 
resurslardan foydalanishni roli ortib borada. AQSH da yuz yillikni so‗ngida 
tarkibida rangli metallar bo‗lgan temir-tersaklardan qayta foydalanish 90 foizga 
etdi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə