O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi a. Qodiri nomli Jizzax davlat pedagogika instituti


Tasviriy faoliyatga o'rgatishning asosiy



Yüklə 46,15 Kb.
səhifə2/3
tarix04.03.2023
ölçüsü46,15 Kb.
#101911
1   2   3
maktabgacha talim muassasasida rasm chizishga orgatish

Tasviriy faoliyatga o'rgatishning asosiy vazifasi - tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuv-chanlikni rivojlantirmoq, estetik go'zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o'rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi — ma'lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.
Alohida predmetlarning rasmini chizish
Psixologlarning qilgan tadqiqotlariga ko'ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllaming tasviriy jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto'g'ri tushunchalari va ko'nikmalarning yetarli emasligi emas, balki predmetni to'g'ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib, tasvirlash kabi qiyinchiliklar ham turadi. Rasmda shakl to'g'ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga, ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to'g'ri, aniq chizish va konturlarning (aniqlash) tasviri, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo'lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo'lsa, konturni to'g'ri chiziq bilan chizib bo'lmaydi, chunki u har doim o'zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o'zgaradi, ya'ni natijasi, rasmning ,oxiri, yo'nalishi ham o'zgaruvchandir.
Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog'ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo'lagini tanlab, naturadagi keyingi bo'lagini eslab yoki ko'rib, shu bo'lagini bo'laklarga bo'lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog'ozga tushirib chizishni o'rgatish zarur, chunki rasmni bo'laklarga ajratib chizishning o'ziga xos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo'laklari va ikkinchi darajali bo'laklarning o'zaro joylashishlari va fazodagi o'rinlarini aniq proportsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo'ladi. Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o'rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:

  1. Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o'zaro proportsiyalashni ko'rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o'zgartishlarga o'rgatish.

  2. Tasvirini obrazli, yorqin qiladigan ba'zi bir xarakterli detallarni tasvirlashga o'rgatish.

  3. Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o'zaro birlashtirib berishga o'rgatish.

  4. Bo'yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish.

Mazmunli rasm chizish. Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm — bu bir necha mazmunning ma'lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak-atrofhi, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bola oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarnrng aqliy qobihyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro'y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2—3 ta predmetning tasviri o'rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog'chada o'rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:
Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o'rgatish.
Obyektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o'rgatish.
Obyektlar orasidagi proportsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o'rinlarini ko'rsatishga o'rgatish.
Dekorativ rasm chizish. Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kerak.
Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi.
Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog'liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Xalq amaliy san'atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish.
Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash.
Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o'zaro bog'liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko'rishga o'rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo'lib hisoblanadi.
Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo'lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o'rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog'oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko'rib, xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta'lim-tarbiya dasturi guruhli mashg'ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o'tirg'izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.
1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi.
1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
2. Bu davrga kelib, nutqi o'sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o'xshatishga o'rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o'xshashligini aniqiaydigan
ko'plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz bo'ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o'z harakati natijasida hosil bo'lgan ishida predmet o'rtasidagi o'xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o'sishi o'z-
o'zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ulartarbiyachi ko'rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg'ir yog'yapti, qor yog'yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi.

3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o'xshatadi. Masalan, uncha katta bo'lmagan qog'oz betiga qizil bo'yoqda bo'lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko'k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o'rgatiladi. «Quyosh», ”Ko'm-ko'k o'tlar”, «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg'ulotdan keyin bo'yoqdan foydalanib bo'yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo'yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to'kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi».
Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalami predmetning oddiy tasviriga o'rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo'l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg'ulot uyushtirilib, ular mo'yqalam qo'yib-olish, qo'g'irchoqning ko'ylagini yoki dastro'molcha va qo'lqopni dog'lar bilan bezashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalami tasvirlashga o'rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
Sifatli o'rgatish uchun usullardan biri, passiv harakatlar usuli, ya'ni bola o'zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo'liga qalam berib, chizish harakatlarini bajartiradi yoki o'yin o'tkazadi. Bolalar qo'l harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog'oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o'ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o'rgatadi. Masalan, ip o'rami yoki tutun chiqyapti va boshqalar.
Tarbiyachining badiiy so'zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsaning obrazi tasavvur etishga yordam beradi. Masalari, quyosh to'g'risida shunday she'r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1-kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo'llaniladi. Tarbiyachi katta qog'oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo'yqalamni qog'ozga tikka qo'yish usuli bilan). Bunday mashg'ulotlarni tarbiyachi 5—6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirishi mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg'ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan, bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini aytib berish kabi o'yinlar o'tkazish mumkin. Masalan, quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo'lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o'rtasidagi o'xshashlikni ko'rsatib beradi.
Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish.
Rasm chizish materiallari — «qalam, bo'yoqlar» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish. Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish.
To'g'ri va egri chiziqlami hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish.
Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga malum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo boidi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.
Ikkinchi — kichik guruhda rasm chizishni o'rgatish. Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, tajribalari ancha o'sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo'yicha mashg'ulot olib borganda, bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalami rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo'yicha barcha guruh bolalari tarbiya­chining og'zaki ko'rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko'rsatib bergan usullarini bajarishga o'rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o'yin faoliyatiga o'tish bilan ajralib turadi. Masalan, doirachalar chizib, uning ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho'qiyapti, deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi Bolalar tasviriy jarayonida so'z bilan ifodalashga o'rganadilar. Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so'z bilan to'ldiradi Bolalarda mustaqillik, faolli o'sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg'ulotda olgan bilhm va ko'nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug'diradi. Agarda 1 -kichik guruhda bolalami nimaningdir tasviriga o'rgatilsa, 2-kichik guruhda bolalami narsalarning tasviriy usullariga °'rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlaming tasviriga o'rgatiladi, doira, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak va turli yo'nalishdagi chiziqlar to'plamidan iborat narsalami chizadilar. Predmetlarning shaklini to'g'ri tasvirlashga o'rgatish uchun bolalarning qo'llarini shakliy harakat qilishga o'rgatish lozim. Bolalarga predmet shakli bilan qo'lning shakliy harakatlari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o'rgatishdan oldin, uni mashg'ulot oldidan ko'rib chiqadi (ya'ni kuzatish olib boradi). Bolalar jon-u dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa o'yinchoqlarini tasvirlaydilar. To'g'ri to'rtburchak shaklining tasviriga bolalar bu guruhda qiynaladilar, shuning uchun. bu shakl yilning 2-yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt, tursa yiqilrrias qo'g'irchoq, aravachani tasviilaydi. Qizil, sariq, ko'k, yashil, qora, oq ranglarni bilishga o'rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlami (pushti, havo rang va zarg'aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalardan ranglarni to'g'ri atash va tasvrrlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlar rang-tusining real tasviriga o'rgatib borishi kerak. Masalan, ko'm-ko'k o'tlar o'smoqda, o'tlarda sap-sariq jo'jalar o'tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalar rasmi mazmun jihatidan juda kambag'al bo'ladi, ya'ni ishlar mazmuni asosan so'zda ifodalaniladi. Masalan, mashina chizib, so'z bilan mazrrjun beradi. Masalan, bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapt; kabi. Mashg'ulot davomida bolalar bir turdagi predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o'rganadilar. Bu esa bolalami texnik ko'nikmalarini mustahkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan, o't ustida yurgan jo'jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o'rgatib borish lozim.
Ikkinchi guruhda o'rgatishning mazmun va vazifalari. Hayotining 4- yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini tushuna boshlaydilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urunishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to'g'ri tasvirlashga o'rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan. Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to'g'ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o'rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;
Kompozitsion ko'nikmalarni, qog'ozning o'rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.


Yüklə 46,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə