|
![](/i/favi32.png) O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakultetifuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishdafuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda
ko‘maklashish;
o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy tadbirlarni
o‘tkazish;
davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat
hujjatlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimliklarning qarorlarini bajarishda yordamlashish
maqsadida fuqarolarni birlashtirish.
Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim
bilan kelishgan holda, zaruriyatga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning iloji
bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning maslahatchilari
fuqarolar yig‘inida saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va kotiblar doimiy ishlovchi bo‘g‘in hi-
soblanadi. Rais o‘z mahkamasiga ega bo‘lib, uning miqdori rais o‘z vazifasini bajarishga imkoniyat
yaratadigan darajada tuziladi.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini takomillashtirish, zarur holatlarda
yiriklashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Agar 1994-yilda 12 mingdan ortiq o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
shakllantirilgan bo‘lsa, ularning soni 2001-yil-da 7847 tani tashkil etdi. 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan
“Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va
huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek mahalla fuqarolar
yig‘iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining,
shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni
muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar
rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi
tobora yuksalib borayotganligidan guvohlik beradi. 1998-yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlar
bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolar yi-g‘inlarida 8,4 mln. kishi yoki respublikadagi katta yoshdagi aholining 70
foizi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar
maslahatchi saylandi. O‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham o‘sib
bormoqda. 1998-yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi
buning guvohidir.
2001-yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 1208 ta shaharcha, 1320 ta qishloq va
131 ta ovul fuqarolar yig‘ini, ular tomonidan saylangan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyat ko‘rsatdi. Ular
qonunchilikni ta’minlash, Prezident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning
qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko‘maklashmoqda. Hududlarni
obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan
samarali foydalanish masalalarini hal qilish o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining diqqat markazida turibdi. Bu
organlar barqarorlikni saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko‘rinishlarning oldini olish, “o‘zingni,
o‘z oilangni o‘zing asra” shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va
ularning faoliyatini yo‘naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda dabdababozlik va
manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda
chiqqan “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi
“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002–
2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablarini amalga
oshirmoqdalar. Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar
tayinlash bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni ta’minlamoqdalar. O‘zini-o‘zi
boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga
yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish
bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh bo‘lmoqdalar.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003-yil “Obod mahalla yili” deb e’lon qilindi va uning
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. 2003-yil 7-fevralda
Vazirlar Mahkamasining “
Dostları ilə paylaş: |
|
|