Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimi maktabgacha ta’lim kafedrasi



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə5/13
tarix06.05.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#108803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dissertatsiya KAMARBASTA HAYDAROVA

Tadqiqot metodlari: Mavzuga oid pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish; - pedagogik kuzatuv; - suhbat; - soʻrovnoma; - nazariy taqqoslash; - intervyu; - test; - pedagogik eksperement; - mavzuga oid tadbirlar va mashgʻulotlar ishlanmalarini ishlab chiqish; - pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish; - tajriba-sinov ishlarini matematik – statistik maʼlumotlarni qayta ishlab chiqish.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi kirish qismi, III bob, 6 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning ilmiy- nazariy asoslari
1.1-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini baholashning ahamiyati va samarali shakl, vosita va usullari
Baholash- bu ta’limdagi turli darajadagi yutuqlar uchun standartlashtirilgan o’lchovlarni qo’llash jarayonidir. Baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Baholash- o’lchash jarayoni: bunda bilim, ko’nikma, kompetensiyalar o’lchanadi. Ko‘pincha psixologik va ayniqsa pedagogik adabiyotlarda “baholash” va “baho” tushunchalari aniqlanadi. Shu bilan birga, ushbu tushunchalarni farqlash
pedagoglarning baholash faoliyatining psixologik, pedagogik, didaktik va 
tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq anglash uchun o‘ta muhimdir. Avvalo, baholash - bu shaxs tomonidan amalga oshiriladigan baholash jarayoni, faoliyati (yoki harakati). Bizning taxminiy va umuman har qandayfaoliyatimiz baholashga bog‘liq.Baholashning aniqligi va to‘liqligi maqsad sari harakatning ratsionalligini belgilaydi.
Tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.6
Tadqiqot ishini olib boorish jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur eʼtiborning samarasi muammo va muammoga turdosh mavzularda yaratilgan manbalar mazmunini oʻrganish hamda ijobiy tahlil etishdan iborat boʻldi.
Tadqiqot muammosi boʻyicha nazariy va amaliy faoliyatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida muammoning asosiy mazmuni ilmiy-amaliy jihatdan chuqur oʻrganildi. Eng avval muammoning tarixiyligiga va ularning taraqqiyotiga eʼtibor qaratildi.
Milliy madaniyatimizning o‘q ildizi Islomiy odob-axloq qoidalari bilan bog‘liq bo‘lib, unda Qur'on va hadis ta'limoti an'analaridan barakali foydalanilgandir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Ota-ona o‘z bolasiga go‘zal odobdan afzal narsa bera olmaydi deganlarida farzandning kelajakda jamiyat oldidagi mas'uliyatini bildirsa, ikkinchi tomondan otaning farzand oldidagi majburiyatini ham bildirib turadi. 
Farobiy bilimdon ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatini o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi. Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati mazmunini aks ettiruvchi zamonaviy talablarga muvofiq yaratilgan taʼlimiy va tarbiyaviy ishlar dasturlari, tavsiyanomalar, koʻrgazmali materiallar uzluksiz taʼlim tizimining ushbu bosqichida amalga oshirilishi zarur boʻlgan faoliyatning nazariy asoslarini belgilab berishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonga malakali mutaxassislarni jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi.7
Ma’lumki, baholash funktsiyalari faqat tayyorgarlik darajasini tasdiqlash 
bilan cheklanmaydi. Baholash tarbiyalanuvchini o‘rganish, ijobiy motivatsiya va 
shaxsga ta’sirini rag‘batlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. Aynan 
ob'yektiv baholash ta’siri ostida maktabgacha ta’limda o‘z-o‘zini baholash, o‘z 
yutuqlariga tanqidiy munosabat shakllanadi. Shuning uchun baholashning 
ahamiyati, uning funktsiyalarining xilma-xilligi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining ta’lim faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularning identifikatsiyasini ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlashni talab qiladi.
Baholash odatda tarbiyalanuvchilarning mavjud bilimlari va ular 
ko‘rsatgan bilim va ko‘nikmalarga bog‘liq. Bilim, ko‘nikma va malakalarni 
birinchi navbatda bola uchun ham, tarbiyachi uchun ham ularni takomillashtirish, 
chuqurlashtirish, oydinlashtirish yo‘llarini belgilash uchun baholash kerak. Tarbiyachi tomonidan berilgan baho bu bola va pedagog bilan ishlash istiqbollarini 
aks ettirishi muhimdir, bu har doim ham tarbiyachilarning o‘zi tomonidan amalga 
oshirilmaydi, ular bu belgini talabaning faoliyatini baholash deb biladilar. 
Ko‘pgina mamlakalarda bolalarning baholari ta'lim samaradorligini baholash 
uchun asos bo‘lib, ta’lim sifatining muhim parametrlaridan biridir. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta’lim-tarbiya sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berish, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyachi va bola ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli 
tadbirlar belgilaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining bilim, ko‘nikmavamalakalarinihisobga olish, o‘quv metodlarining va zaif tomonlarini bolalarningdars materiallarini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. Har bir tarbiyalanuvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. Tarbiyachi bolalarningning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish asosida tarbiyalanuvchilarningning o‘quv dasturi hajmidabilim, ko‘nikma, malakalarini puxta o‘rganib olishlarini ta’min etish uchun mashg’ulot materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko‘rsatadi, mashg’ulotda ulgurmayotgan bolalarga o‘z vaqtida tezda tegishli choralar ko‘radi. Shu bilan birga tekshirish tarbiyachining hambolaning hamo‘ziga talabchanligini kuchaytiradi. Har bir bolaning o‘qishda o‘zining yutuq va kamchiliklarini, o‘quv materialining 
qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo‘sh o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam 
beradi. O‘z-o‘zini tekshirib borishga o‘zi o‘zini tanqid qilishga odatlantiradi
intizomlkka va qunt bilan o‘qishga o‘qishga o‘rgatadi, ularda kuchli iroda hamda 
ijobiy xarakter vujudga keltiradi va tarbiyalaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti, otaonalarniesadavlat oldida o‘z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o‘rgatadi. Tadqiq etilayotgan muammoning ushbu jihatiga uzluksiz taʼlim tizimi subyektlarini eʼtiborini tortish kun tartibiga qoʻyilmoqda.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari kamol topayotgan oilalar bilan mustahkam aloqa bogʻlamay turib, ijobiy natijalarga erishib boʻlmaydi. Shu jihatdan olib qaraganda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan doimiy ravishda muloqotlarni uyushtirib turishlari zarur.
Tashkilotda tashkil etilayotgan taʼlimiy va tarbiyaviy mazmundagi tadbirlarga ota-onalarning jalb etilishi, ular tomonidan faollik koʻrsatilishi maktabgacha taʼlim tashkiloti oldida turgan bir qator muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Xususan, tarbiyaviy tadbirlar rejalarida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni tashkil etish kabi muammolarni hal etilishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning o‘z bolalari qanday o’q iyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo‘lib turishlariga yordam beradi. Ularning o‘z 
bolalarining o‘qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi. Masalan, ayrim 
ota-onalar bolalarining o‘qishlaridan xabardor bo‘ladilar. O‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo bolalarning 
kunsayin o‘rganib borishi va ularning mashg’ulotda ulgurishlarini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida har bir bolani diqqat bilan o‘rganib 
borishi lozim. Tarbiyachi ana shu o‘rganish asosida har bir 
bolaning ma’lum bir faoliyatni qanchalik o‘zlashtirganligi haqida xarakteristka 
berishga majbur. 
Maktabgacha ta’limda baholashning ikki turi bor - formativ (joriy) va summativ (yakuniy).

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə