O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə3/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdan kelib chiqadigan ilmiy xulosalar tilshunoslikka oid muammolarni ma’lum ma’noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ushbu tadqiqot ishi kelgusida ta’lim sohasida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrantlarga, bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, kasb-hunar kolleji talabalari va litsey o‘quvchilariga ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalar hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash va tadqiq etishdan iboratdir. Xalq madaniyatining tilda yorqin ifodasini o‘zida namoyon etuvchi noekvivalent leksika va lakunalar, tilning stilistik jamlanmasi, til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek va qoraqalpoq nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari mazkur BMIning tadqiqot predmeti sifatida belgilanadi.
Tadqiqotning tuzilishi va tarkibiy qismi. Tadqiqot kirish, uch asosiy bo‘lim, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilishi, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi kabi masalalar ochib berilgan.
Tadqiqotda “O‘zbek va qoraqalpoq tillarida til birliklarining qiyosiy lingvokulturologik tadqiqi” mavzusi uchta asosiy bo‘limga bo‘lib o‘rganilgan bo‘lib, bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

  1. Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari;

  2. Lug‘aviy birliklarning o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi qiyosiy tadqiqi;

  3. Lingvokulturemalarning o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi qiyosiy tadqiqi.

Bitiruv ishida ikki qardosh tillar miqyosidagi leksema, so‘z va so‘z birikmalari, mifologiyalashgan til birliklari, tilning paremiologik fondi ya’ni frazeologizm, maqol va matal, o‘xshatish, ramz va stereotiplar, muloqot shakllari, nutq etiketlari, umushlashtirib aytganda til birliklari, xususan, lingvokulturemalari lingvokulturologiya fani bilan bog‘langan holda yangicha qarashlar bilan tahlil etildi.
Tadqiqotning xulosa qismida o‘zbek va qoraqalpoq xalq madaniyati bilan bog‘liq qarashlar ochib berildi, shuningdek, madaniyatning til bilan o‘zaro aloqasi ikki til miqyosida solishtirib tahlil qilindi.



Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə