O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə8/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
402. Shukurova S. BMI

BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdan kelib chiqadigan ilmiy xulosalar tilshunoslikka oid muammolarni ma’lum ma’noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ushbu tadqiqot ishi kelgusida ta’lim sohasida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrantlarga, bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, kasb-hunar kolleji talabalari va litsey o‘quvchilariga ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch asosiy bo‘lim, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BO‘LIM
LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI

    1. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi

Tilshunoslikda XX asrning oxirlariga kelib “til madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning o‘zi madaniyatdan o‘sib chiqqan va uni ifodalaydigan vositadir” degan faraz qabul qilina boshlandi. Ayni paytda til madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi (matnlar ko‘rinishida) va uning tarkibiy qismidir. Chunki til vositasida madaniyatning moddiy va ma’naviy asarlari yaratiladi. Ana shu g‘oya asosida ming yillar davomida shakllangan lingvokulturologiya fanning yangi, maxsus sohasi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi antroposentrik paradigmaning mahsuli bo‘lib, u so‘nggi o‘n yilliklar davomida rivojlanib kelmoqda.


Lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o‘rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o‘rnini o‘rganadi.
Lingvokulturologiya o‘rganish obyektiga ko‘ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o‘rganish obyektiga bo‘lgan yondoshuviga ko‘ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o‘rganadi hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
.
Ma’lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N.S.Trubetskiyning yozishicha: “Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so‘z bo‘lishi mumkin emas, ya’ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo‘lishi shart”9. Til va madaniyatning ana shunday o‘zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganish imkonini berdi. Ya’ni, til va madaniyat.
“Til va madaniyat” muammosining o‘rganilishida bir qancha yondoshuvlarni belgilash mumkin: birinchi yondoshuv faylasuf olimlar (S.A.Atanovskiy, G.A.Brutyan, E.S.Markaryan)lar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda madaniyatning tilga bir tomonlama ta’siridan borliqning o‘zgarishi natijasida milliy-madaniy tipiklashtirish va tilda o‘zgarish yuz beradi, degan g‘oya yotadi10.
Ikkinchi yondoshuvda esa bu ta’sirning aks tomoni, ya’ni hozirgi kungacha ochiq qolib kelayotgan va munozarali masala – tilning madaniyatga ta’siri masalasini o‘rganish maqsad qilinadi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish bu yondoshuvning asosiy g‘oyasi sanaladi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish (V.Gumboldt,A.A.Potebnya) asosida Sepir-Uorfning lingvistik aloqadorlik gipotezasi, ya’ni har bir xalq borliqni o‘z ona tilisi orqali ko‘radi, his etadi, his etganini belgilaydi, degan g‘oya yotadi11. Bu g‘oya keyinchalik, I.L.Vaysgerberning tilni “O‘tkinchi dunyo”, ya’ni “borliqni anglash”, muayyan “mavjudlik va tafakkur” sifatida qaraluvchi g‘oyalarida ilgari surilgan. Uning bu gipotezasi ko‘pchilik olimlar tomonidan inkor etilgan bo‘lsa-da, biroq ular boshqa usullar bilan tushuntirilishi murakkab bo‘lgan hodisalarni anglashga yordam berdi. Xususan,N.I.Tolstning etnolingvistik maktabi vakillarining ishlari, E.Barminskiy

va izdoshlarining lingvoantropologik yo‘nalishdagi ishlari buning isbotidir12.


Uchinchi yondoshuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va aloqadorligi g‘oyalariga asoslanadi. Til milliy mentalitetning spetsifik qirralarini o‘zida namoyon etadi. Boshqa tomondan “madaniyat tilda“ joylashgan, ya’ni u matnda to‘laligicha o‘z ifodasini topadi.
V.A.Maslova bo‘lsa, lingvokulturologiya rivojlanishini uch davrga bo‘lgan holda izohlab ularni quyidagicha ajratadi:
1) fanning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya va E.Sepir kabi tilshunoslarning asarlari);
2) lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllanishi;
3) lingvokulturologiyaning fundamental, mustaqil fan sifatida vujudga kelishi13.
Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasidir. Ushbu sohaning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlar V.Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya va E.Sepir kabi tilshunoslarning asarlarida o‘z aksini topadi.
Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muommosi bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardagina boshlandi. Ularning asosini V.V.Vorobyov, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari tashkil etadi.
XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi. U birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum, taomil, ramzlarini va h.k.ni tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo‘lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi.
V.N.Teliyaga ko‘ra, lingvokulturologiya, avvalo, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda qo‘llanadigan til ifodalarining sinxron harakatdagi xalq mentaliteti bilan aloqasini tadqiq qiladi.
Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi. Binobarin, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, anig‘rog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir”14.
G.G.Slishkinga ko‘ra, “Lingvokulturologiya inson omiliga, anig‘rog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi15.
N.Alefirenko lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi:
- lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega;
- lingvokulturologiyaning asosiy e’tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi;
- lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin;
- lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a) lisoniy shaxs; b) til madaniy qadriyatlarning semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi16.
Lingvokulturologiya bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

1. Lingvokulturologiya. Muayyan ijtimoiy guruhlar, xalqning ko‘zga ko‘ringan davrdagi madaniy munosabatlari lingvokulturologiyasi, ya’ni aniq lingvokulturologik holatlarning tadqiq etilishi.


2. Diaxronik lingvokulturologiya. Xalqning muayyan davriga tegishli bo‘lgan lingvomadaniy o‘zgarishlarni o‘rganadi.
3. Qiyosiy lingvokulturologiya. O‘zaro aloqada bo‘lgan turli xalqlarning lingvomadaniy ko‘rinishlarini tadqiq qiladi.
4. Таvsifiy (chog‘ishtirma) lingvokuturologiya. U endi rivojlanishni boshlagan bo‘lib, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivskayaning “Rus tilida so‘zlashuvchilar nuqtai nazaridan fransuz mentaliteti” nomli ishi katta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g‘oya va boshqalar olingan.
5. Lingvokulturologik leksikografiya. Lingvoo‘lkashunoslik lug‘atlarini tuzish bilan shug‘ullanadi17.
Qayd qilinganlar orasida oxirgi yo‘nalishning faol rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Masalan, D.G.Malsevaning lug‘ati 25 mavzuiy bo‘limni o‘z ichiga oladi. Ularda Germaniyaning geografik realiyalari, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarixi, urf-odatlari, an’anana, afsonalari, aforizmlari, turli bayram va marosimlari, diniy aqidalari, pul birligi, o‘lchov birligi, sanoati, savdosi, fan va texnikasi, san’ati, ta’limi, milliy taomlari, me’moriy obidalari, milliy xarakteri va h.k. ni ifodalaydigan til birliklari aks etgan. Bunday lug‘atlar asosida til va madaniyatning o‘zaro aloqasini atroflicha o‘rganish mumkin.
O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Z.I.Soliyevaning nomzodlik ishida o‘zbek va ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan18. R.S.Ibragimovaning nomzodlik dissertatsiyasida ayol konseptining o‘zbek va fransuz tillarida ifodalanish yo‘llari tadqiq etilgan19. D.Xudoyberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli monografiyasining alohida bobi o‘zbek tilidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan20. Shuningdek, professor N. Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli maqolasida lingvokulturologiyaning mohiyati va bu sohadagi muammolar ko‘rsatib berilgan21.
Bundan tashqari A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarida lingvokulturologiya fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan.
Xulosa qilib aytganda, lingvokulturologiya jonli milliy tilda va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fandir. U tilni madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi va namoyon bo‘lishidek eng muhim vazifani belgilab beradi.


    1. Yüklə 150,21 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə