O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Subyektiv yoki milliy-psixologik lakunalar



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə16/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
402. Shukurova S. BMI

1. Subyektiv yoki milliy-psixologik lakunalar. Bunday lakunalar madaniyatlararo muloqot jarayonida ishtirokchilarning milliy-psixologik qarashlari bir-biriga mos kelmaganda yuzaga keladi.
2. Faoliyat-kommunikativ lakunalar. Mazkur guruhga muayyan madaniyatga xos bo‘lgan xatti-harakat va imo-ishoralar, urf-odatlar, an’analar bilan bog‘liq maishiy yoki kundalik muomala, shuningdek, muomala madaniyati kiradi.
3. Matniy lakunalar. Matnlarning xususiyatlari (matnning mazmuni, matnni yaratish va uni tushunish, muayyan retsipiyentga yo‘nalish, muallif poetikasi va h.k.)dan kelib chiqadi.
4. Madaniy makondagi lakunalar (ichki ko‘rinish lakunalari). Madaniy makondagi lakunalar u yoki bu lingvomadaniyat jamoasi vakillarining madaniy makon va ichki ko‘rinishni baholashdagi nomutanosibligini ifodalaydi.
Madaniyatlar aralashgan bugungi kunda turli tillar, xalqlar, ularning madaniyatlariga qiziqish, ularni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikkita milliy madaniyat hech qachon bir-biriga to‘liq mos tushmaydi. Retsipiyentning boshqa madaniyatdagi matnni o‘z madaniyati doirasida qabul qilishi o‘sha madaniyatni tushunmaslikka, ayrim hollarda madaniyatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladi. Lisoniy to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holatlarda ham aynan madaniyatlardagi farqlar madaniyatlararo muloqotga xalaqit qilishi mumkin. Shu sababli ham lakunalar bir tomondan milliy madaniyatning o‘ziga xos belgisi, mentalitet xususiyatlari darajasining ko‘rsatkichi bo‘lsa, ikkinchi tomondan madaniyatlararo o‘zaro ta’sir sharoitida o‘zga ko‘rinishga kira oladigan birliklar hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda o‘zbek va qoraqalpoq xalq madaniyatiga oid bo‘lgan muqobilsiz leksika va lakunalar topish yuzasidan kichik tadqiqot o‘tkazdik. Ushbu tadqiqotimizning predmeti sifatida ikki xalqning milliy liboslari-yu zargarlik buyumlarini oldik. Chunki har bir xalqning milliy kiyimlari moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning o‘ziga xosligini aks ettiradi, shuningdek, etnik belgilarini ham ko‘rsatib beradi. Ularda nafosat va inson umrining fasllari bilan birga urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e’tiqodlar, u yashagan joy va zamon, xo‘jalik mavsumlari, xayotdagi quvonch yo xud qayg‘uli voqealar namoyon bo‘ladi.
O‘tmishga nazar tashlasak, kelib chiqishi asli turkiy bo‘lgan o‘zbek hamda qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos va rang-barang moddiy madaniyati bo‘lganligini guvohi bo‘lamiz. Xususan, o‘sha davrda turli xil yoshda kiyilgan liboslar ikki qardosh xalq ayollarining butun hayot tarzini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, bir-biriga o‘xshamaydi hamda biri ikkinchisini taqozo etmaydi. Shu jihatdan ham ular tarjimada muqobilsiz leksika yoki lakunalarni yuzaga keltiradi. Jumladan, qoraqalpoqlarning “jegde”, “kiymeshek”, “sa’wkele”, “malaxay”, “degeley”, “maxiya” va “shekpen” choponlarini olaylik. Qoraqalpoq xalq madaniyatiga xos bo‘lgan ushbu kiyimlar o‘zbek madaniyatida uchramaydi. Yoki bo‘lmasa, o‘zbeklarga xos bo‘lgan “beqasam”, “alocha”, “atlas”, “adras” kabi mato turlari; “munisak”, “kaltacha”, “loki”, “kultapo‘shak” kabi liboslari esa qoraqalpoq madaniyatiga xos bo‘lmagan kiyimlar sirasiga kiradi. Fikrlarimizning isboti sifatida ushbu kiyimlarning nomlarini birma-bir lingvokulturologik jihatdan tahlil qilishga urindik. Tahlilimiz jarayonida esa ularning qadimiyligi va qay darajada diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq ekanligini ham o‘rgandik:
Qoraqalpoq ayollari va qizlari bayramlarda kashtali qizil yoki ko‘k rangli liboslarni kiygan. Yosh ayollar rang-barang o‘zbek ikati liboslarini kiygan bo‘lsa, yoshi kattalar oq-qizil katak-katak kiyimlar, keksa ayollar esa oq matodan to‘qilgan liboslarni maqul ko‘rgan. Ularning milliy liboslari sifatida qadimdan to hozirgacha saqlanib kelgan “jegde” va “kiymeshek”lar o‘z davrida urfda bo‘lgan.
Jegde – egniga yopinchiq kabi o‘ralgan, ammo u yopinchiq yelka qismga emas, balki boshning tepasiga qo‘yilgan. Uning uzun yenglari bo‘lgan, biroq ular qo‘l kirgizish uchun bo‘lmagan, aksincha, orqa tomondan qisqa arqon bilan bo‘g‘lab qo‘yilgan. Odatda jegde faqat uy tashqarisida kiyilgan bo‘lib, o‘zbek paranjilari kabi ayollarning yuzini o‘zga nigohlardan himoya qilgan. Jegdening uch asosiy turi mavjud bo‘lib, ular yoshga qarab kiyilgan. Masalan, yosh turmushga chiqqan ayollar yoki nikoh yoshidagi qizlar qizil yoki jipek jegde, onalar va o‘rta yoshdagi ayollar oq jegde va keksa ayollar kempir jegde kabi liboslarni kiyishgan.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə