O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə13/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Po‘lat sandiq – o‘t tushganda kuymaydigan, yonmaydigan metall sandiq: seyf.
Po‘lat sandiqda turgan veksellarni kovlashtirib, siznikini topib berishimni oson deb o‘ylaysizmi? (K.Yashin, Hamza)
Qoraqalpoq tilida:

  • 3. Арша – kiyim-kechak yoki boshqa narsalarni saqlashga mo‘ljallangan,

yog‘ochdan ishlangan quti.
Қане, енди баламның хатын маған бер, аршаның тубинде естеликке сақлап қояман (Ѳ. Хожаниязов).
Сандық – ustiga ko‘rpa-to‘shak yig‘iladigan, ichiga choynak-piyola qo‘yiladigan buyum. Qoraqalpoq tili shevalarida ham shunday qo‘llaniladi.
Жарлының үйи тѳрде жаман сандық, оның үстине гѳне қара кѳрпе дастық жыйналган (К. Ирманов).
Eskirgan so‘zlar qatoriga гебеже, сабаяқ atamalari mansub bo‘lib, аршаning sinonimi sifatida qo‘llangan.
Гебеже – yog‘ochdan ishlangan, ichiga uy-ro‘zg‘or buyumlarini solishga mo‘ljallangan buyum.
Шадланысып келген агайын-туўган. Қара нар үстине гебеже қурған (“Қаншайм”).
Сабаяқ – ustiga ko‘rpa-to‘shak yig‘ib qo‘yishga mo‘ljallangan, yog‘ochdan ishlangan quti.
Мен келгенде Мийирхан сабаяқтың алдында ақ сүпке қыйыўлап кесте тигип отыр екен (Ѳ. Хожаниязов).
Ba’zan сабаяқning orasi butunlanib, unga har xil narsalar solib qo‘yiladigan buyum. Cабаяқlar har xil shaklda ishlanadi. Uning bo‘laklari orasiga bezaklar ishlanmagan xili кереге кѳз сабаяқ, bir butun taxtadan bezaklar berib ishlangan turi бир кѳзли сабаяқ deb yuritiladi.
Bir-biriga qardosh bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalq madaniyatiga, umumiy qilib aytganda, turkiy xalqlar madaniyatiga xos bo‘lgan sandiq ro‘zg‘or buyumi sifatida ishlatiladi. Uning ichida uy anjomlari, kiyim-kechak, zeb-ziynat buyumlari va boshqa narsalar saqlanadi. Asosan yog‘ochdan, shuningdek, temir va boshqalardan tayyorlanadi. Shakli to‘rtburchak, usti qopqoqli bo‘lib, zulfin hamda ushlab ko‘tarish uchun ikki yoniga halqa o‘rnatiladi, yerdan ko‘tarilib turishi uchun esa ostidagi to‘rt burchagiga poya qoqiladi.
Sandiqning old, orqa va ostki taxtalari bir-biriga qo‘shib mixlanadi, yuzasi pardozlanadi, burchaklari jilvir bilan silliqlanadi, so‘ng old tomoni (beti)ga guli chizib olinadi, shu chiziqlarga tunuka o‘lchab qoqiladi, so‘ngra har xil ranglarda bo‘yaladi va turli gullar tushiriladi. Qo‘chqorak, shash, nayzali, bodomcha va boshqa naqsh tushirilgan sandiqlar amaliy san’atning yuksak namunasi hisoblanadi.
Qoraqalpoq tilida аршаning sinonimi sifatida ishlatiladigan eskirgan so‘z hisoblangan сабаяқ atamasi “Каракалпак тилинин тусиндирме созлиги” lug‘atida ustiga ko‘rpa-to‘shak yig‘ib qo‘yishga mo‘ljallangan buyum sifatida izohlangan bo‘lsa, ba’zi bir qoraqalpoq tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan tarjima asarlarda uni boshqa ma’noda ham qo‘llanilganligining guvohi bo‘ldik. Xususan, Sh. Usnatdinovning “Shoirning yoshligi” romanini o‘zbek tiliga o‘girgan M. Ahmadning tarjimasidagi quyidagi parchaga e’tibor qaratamiz:
“…Qolgan joylari – qozon-tovoq, oshxona o‘rnini bosadi – bu tarafda sabayaq (chamasi yarim metrcha balandlikdagi xontaxta), uning ustida zax tegmasligi uchun ichiga to‘roq28 tikilgan tulup29, ostiga qozon-tovoq joylashtiriladi. Ularning ustida keragaga ildirilgan kergi30ning ichiga qoshiq, pichoq, qirma, zarang31, bodiya32 solib qo‘yiladi. Qishda kichkina moyqovoq bilan suvqovoq osiladi. Suvqovoqning bo‘yin tomoni kesib tashlansa, “og‘iz qovoq” bo‘ladi, uning ichida sut, g‘alla saqlanadi, bular ham sabayaqning ustida turadi. Keragaga kapkir, cho‘mich ilib qo‘yiladi…”33
Ushbu parchadan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, tarjimon tarjima qilish jarayonida so‘zni noto‘g‘ri izohlamagan, balki sabayaq atamasini oshxonada buyumlar saqlash uchun ham xizmat qiladigan buyum ekanligini bildirib o‘tgan.
Yana bir ma’lumot sifatida shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, sandiq eski turkiy lug‘atlarda sanduy, sanduq kabi variantlarda uchraydi. XIII-XV asr o‘g‘uz-qipchoq yodgorliklari tilida esa сандық//сантық shaklida qo‘llanilgan bo‘lib, qadimdan hayvon terisidan, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik va bo‘yama tunuka bilan bezatilgan yog‘och sandiqlar tayyorlangan. Shuning bilan birga, O‘rta Osiyoning Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlaridagi bozorlarda maxsus sandiqsozlik rastalarida sandiqning turli namunalari yasalib sotilgan34.

  • 4. O‘choq – hovlida g‘isht yoki loydan yasalib, ichiga qozon qo‘yilib, tagiga

olov yoqib taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan buyum. Uning qora o‘choq, loy o‘choq, yer o‘choq, temir o‘choq kabi turlari mavjud.
O‘choqning og‘zida o‘tga ko‘milgan qumg‘on vaqirlab qaynaydi (S.Anorboyev).

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə