O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə11/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Norin tovoq – norin suziladigan katta kosa yoki tovoq.
Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin tovoqni oldi (A.Qodiriy, O‘tgan kunlar).
Osh tovoq – osh suziladigan katta tovoq.
Non tovoq – (nondon, non saqlagich) non turadigan, saqlanadigan quti, idish.
Nondonni ochib, bor nonni xurjuniga solib: -Men shaharga ketdim, degan holda uydan chiqdi (S.Ayniy, Esdaliklar).
Damtovoq – dam yedirish uchun qozondagi palov ustiga yopiladigan tovoq; damgir.
Pishirilgan palov juda sho‘r bo‘lib ketgan bo‘lsa, damlaganda, guruchning betiga non yopib, so‘ngra damtovoqni bossangiz, har holda, sho‘ri birmuncha qirqiladi (K.Mahmudov, O‘zbek taomlari).
Tovoq so‘zining sinonimi sifatida:
Lagan (forscha) – quyuq taomlar solish uchun mo‘ljallangan, tarelkadan katta yassi idish (mis lagan, sopol lagan, chinni lagan).
Anvar o‘rtaga dasturxon yozib, ikki lagan manti chiqarib qo‘ydi (A.Qodiriy, Mehrobdan chayon).
Tabaq (I) (arabcha) – tovoq; qopqoq; likop; lagancha.
Osh misoli tabaqda ko‘z yoshi, Kurmagi ko‘p, gurunchidan toshi (Muqumiy).
Toboq (sheva) – tovoq.
Palov suzilib, uchovara bir toboq bo‘ldi (T.Murod, Ot kishnagan oqshom).
Azizim, deb olib keldi La’li toboqda oshini (“Gulshanbog‘”).
Qoraqalpoq tilida:

  • 1. Табақ – tеmir, qаlаy, yog'och vа boshqа mаtеriаllаrdаn qilingаn oziq-

ovqаt mаhsulotlаrigа mo'ljаllаngаn idish.
Үлкен асым тыран шабақ, салып жегеним жекен табақүнхожа).
Uning vаzifаsi, xizmаti, hаjmi, qаndаy mаtеriаldаn ishlаngаnigа ko‘rа, нан табақ, самар табақ, тас табақ, агаш табақ, кишкене табақ, үлкен табақ, қыйық табақ kаbi turlаri bor.
Shuningdеk, qorаqаlpoq tilidа kаm istе’moldа bo‘lgаn зерен (kichkinа bеzаkli tovoq), шанақ (kichkinа tovoq), керсен (kаttа yog‘och tovoq) kаbi аtаmаlаr hаm uchrаydi.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə