O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə19/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Non boylik ma’nosida: Foydasi shuki, bolam, bozordan non sotib olmayman. Kunda ikkita non o‘zimga qolsa, shu katta davlat… (Oybek, Qutlug‘ qon, 311-bet)
Oziq-ovqat ma’nosida: Tuz bermoq, tuzini yemoq (ichmoq), tuz totmaslik, tuzini ichib, tuzlug‘iga tupurmoq;
Rizq-u ro‘z: Noni butun, noni yarimta, nonini tuya qilmoq, bitta noni ikkita bo‘lmoq, non topmoq, non yemoq, sheriklik osh, tuz tortgan ekan;
Duo-tilak: Osh berganga yosh bersin, qozon to‘la osh bersin, noni ko‘paysin, noni butun bo‘lsin, bitta noni ikkita bo‘lsin, osh bo‘lsin;
Qarg‘ish: non ko‘r qilsin, non ursin, bergan tuzimga rozi emasman, tuzim ko‘r qilgur.
“Ajdodlarimiz bugun ibtidoiy davr deb baho beriladigan paytlarda bizga qaraganda yuz karra shoirroq edilar. Ular albatta, poeziyani tushunmasdilar, biroq bugungi til bilan aytganda, o‘sha minglab yillar avval ularning tafakkur tarzi “poetik mushohada” tarzida edi: ular hayotlari va tabiatdagi har bir narsani tasavvur qilgan tushunchalarning ramzi sifatida qabul qilardilar. U paytlar Osmon, suv, ko‘kat, quyosh, oy yorug‘lik va zulmat – Tangrilar edi; quyosh o‘rnini tun egallarkan, ezgulik va yovuzlik kurashi ketyapti deb o‘ylashardi. Hayvonlar ham tangrilar edi, ularning ichida ham yovuz va ezgu niyatlilari bor edi. Ezgulik tangrilari osmonda, yer yuzida yorug‘lik bilan birga yashashadi, yovuzlik tangrilari yer ostida, zulmat bilan birga yashashadi deb o‘ylardilar42”.
Demak, inson moddiy muhitdan tashqari, ramziy olamda ham yashaydi. Inson o‘z tarixining ilk davrlarida ma’nolar dunyosida yashagan, dunyoni ramzlar orqali qabul qilgan, tabiat bilan ramzlar orqali munosabatda bo‘lgan. Shunga ko‘ra, “inson tilini to‘la ma’noda ramzlar tili deyish mumkin”. Ramzlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan, ular insonning bilish mahsuli sifatida vujudga kelgan.
Ramz tushunchasi qator fanlar nuqtayi nazaridan turlicha talqin qilinadi:
1) ramz – belgi bilan o‘xshash tushuncha (tillarni sun'iy formallashtirishda);
2) hayotni san’at vositasida obrazli o‘rganishning o‘ziga xosligini ifodalovchi universal kategoriya (estetika va san’at falsafasida);
3) muayyan madaniy obyekt (madaniyatshunoslikda, sotsiologiyada va boshqa ijtimoiy fanlarda);
4) ramz belgi bo‘lib, uning dastlabki mazmunidan boshqa mazmun uchun shakl sifatida foydalaniladi (falsafa, lingvistika, semiotika va h.k.)43.
Lingvokulturologiyani ramzning belgilik jihati qiziqtiradi. Agarda oddiy belgi insonga ma’nolarning predmetlar olamiga kirish imkoniyatini bersa, ramz ma’noviy munosabatlarning predmetlar mavjud bo‘lmagan olamiga kirish imkoniyatini beradi. Ramzlar orqali bizning ongimizda kishilarni yagona etnomadaniy hamjamiyatga birlashtiradigan madaniyatning eng muqaddas qirralari ochiladi, aqlga sig‘maydigan, g‘ayrishuuriy botiniy ma’nolar yuzaga chiqadi.44
Ramz – inson ruhiyatining tili bo‘lib, u tabiat bilan ana shu tilda gaplasha boshlagan. Aynan ana shu ramzlar tilida miflar, ertaklar, dostonlar yaratilgan. Folklor ramzlari muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini, tasavvurlarini, ijodini tamsil etadi. Jumladan, turkiy xalqlar og‘zaki ijodida “Ulgen – yorug‘lik va ezgulik, Erlikxon – zulmat va yovuzlik, momoqaldiroqtangrilar ovozi, yashin – tangrining o‘qi, sel – yovuz ruhning ofati, tog‘ - tilsimli qo‘rg‘on, suv, tuproq – tiriklik, g‘or – ruhlar makoni, osmon – ezgulik tangrilari, yer osti – yovuz ruhlar makonining ramzi, kodlashgan ismlari bo‘lgan45”.
Bundan tashqari turli madaniyatlarda kaptar – tinchlik ramzi, nasroniylikda muqaddas ruh ramzi, yarim oy – islom ramzi, xoch – nasroniylik ramzi sanaladi. Daraxt, gul, o‘simliklar ham ramz sifatida qo‘llaniladi. Jumladan, xrizantema Xitoyda o‘lim, qabriston tushunchalarini assotsiatsiyalaydi. Yoki qirqquloq yaponlar uchun kirib kelayotgan yangi yilda omad tilash, ruslar uchun esa o‘lim, qabriston belgisi hisoblanadi.
Ranglardan ham ramz sifatida keng foydalaniladi. Aksariyat xalqlarda oq – yaxshilik, qora esa – yovuzlikni anglatsa, afrikaliklar uchun har ikkala rang ham neytral mazmun kasb etadi.
Dunyoda milliy qadriyatlari bo‘lmagan birorta millat yoki elat yo‘q. Milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, shuningdek, milliy liboslar millatning tarixi, yashash tarzi hisoblanish bilan birga xalqning borligini, mavjudligini ko‘rsatadi hamda bardavomligining asosi sanaladi. Ushbu qadriyatlar, ramziy tushunchalar qoraqalpoq ayollar kiyimlarida ham mavjud desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki qoraqalpoq qadimiy ayollar liboslari muqaddas mazmunga ega bo‘lib, hurnarmandchilikning yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Bunday liboslar o‘sha davrda ayollarning yoshi, ijtimoiy mavqei va qaysi qabilaga mansubligini bildirish bilan bir qatorda mifologik va ramziy tushunchalarni, xalqning e’tiqodiy qarashlarini ham namoyon qilgan. Ularga tushirilgan turli xil kashtalarda ma’lum bir ma’no yoki ramzlar yashirin bo‘lgan. Ana shunday liboslardan biri qoraqalpoq kashtachilik hunarining ajoyib namunasi hisoblangan “ko‘k ko‘ylek”dir. Bunday ko‘ylak rangli ipakdan tayyorlangan kashta bilan o‘ralgan bo‘lib, naqshlari yoqadan boshlanib, ikki yelkasidan ko‘ylakning etagigacha davom etgan va yengining uchiga tushirilgan. Libos naqshlarining turli xil chiziqlari kashtaning markazida joylashgan va burchaklari pastga qaratilgan. Maydonning o‘rtasida ko‘pincha ma’lum uslubga solingan sirg‘alar tikilgan. Qolgan qismlar esa “sovut naqsh” bilan bezatilgan. Shuning uchun ham dengiz bo‘yidagi qishloqlarda yashovchi yoki o‘sha yerdan ko‘chib kelgan odamlar ko‘k ko‘ylekni sovut naqshli ko‘ylek deb ham atashgan. Ushbu ko‘ylakni asosan 15-16 yoshga to‘lgan yosh qizlar, kelinlar kiygan va undagi naqshlarda “Qirq qiz” dostonidagi yosh jangchilarning obrazlari, jang sahnalari tasvirlangan turli xil naqshlar uchragan.
O‘z ona yerini bosqinchi dushmanlardan himoya qilgan yosh, jasur jangchi qiz – Guloyim va uning dugonalari haqidagi “Qirq qiz” nomli qoraqalpoq dostonini yaxshi bilamiz. Ushbu doston bundan taxminan ikki ming yil muqaddam yozilgan. Mintaqadagi deyarli barcha mamlakatlarda ular haqidagi turli xil afsonalar mavjud. Shu jumladan, “Qoraqalpog‘istonning narigi tarafida ya’ni Orol bo‘yida sak-massagetlar istiqomat qilgan. Ularning qizlari ot minib urushlarga qatnashgan. “Qirq qiz” dostonida ham shu davr voqealari gavdalangan. Ayol jangchilar himoyalanish maqsadida sovut kiyib jangga tushishganligi bois, qoraqalpoq ayollarining milliy kiyimida ham “sovut naqsh” tushirilgan. Ushbu sovut naqshlar o‘sha davrdagi ayollarning mardonavor shijoatini aks ettirgan46” degan afsonani misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Ushbu afsonadan kelib chiqqan holda, fikrlarimizni dalillasak, “Qirq qiz” dostonidagi jangchi qiz – Guloyim 15-16 yoshidanoq qo‘liga qilich olib, ustiga sovut kiyib o‘z ona yurtini bosqinchilardan himoya qilish maqsadida jangga kirishgan. Shuning uchun ham uning bu kabi jasurligi, elparvarligi, qalbidagi vatanga bo‘lgan muhabbati, vafo va sadoqatining ramziy ma’nosi sifatida ayollar kiyimiga jang sahnasiga o‘xshab ketadigan kashtalar tushirilgan va ular “sovut naqsh” deb atalgan.
Ushbu ko‘ylakdagi yana bir jihatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ko‘ylakning ranggi nega aynan ko‘k ekanligi haqida o‘ylanib qolamiz. Afsonalarga qaraganda Muhammad payg‘ambar qazo qilganlarida ko‘k rangli matoni barcha ayollar bo‘lishib olib, motam belgisi sifatida ko‘ylak qilib kiyib olishgan. Shundan boshlab ko‘k ko‘ylak kiyimi qayg‘u belgisini, motam ramzini ifodalagan.
Bundan tashqari yana bir afsonada ko‘k rang butkul o‘zgacha talqin qilingan. Unda aytilishicha, qadimgi turkiylar ko‘k rang orqali osmonni, tangrini, yaratuvchini tushungan. Shu sababli ham ko‘k rang osmon ramzi sifatida ko‘rilgan va u rangni ulug‘lashgan.
Tarixda yashagan ota-bobolarimizning turli xil mif va afsonalar ta’sirida asrlar davomida ramziy qarashlari shakllanib kelgan. Ana shunday qarashlarning namunalari qoraqalpoq hunarmandchilik sohasida ham uchraydi. Qoraqalpoq kashtachilik san’atida turli geometrik shakllarga ega naqshlardan keng foydalanilgan bo‘lib, ular ma’lum bir ramziy ma’noni ifodalagan. Masalan, xoch shaklidagi naqshlar – dunyo turishi, dunyo tomonlari, zigzag shaklidagi naqshlar – samo suvi ya’ni yomg‘ir, romb shakldagilari – unumdorlik kabi ramziy ma’no anglatgan. Alohida farovonlikka eltadigan naqshlar sifatida esa qo‘y shohi, qurbaqalar, g‘oz bo‘yni, chayon dumi, qarg‘a changali, qush tili, o‘simliklar urug‘i va gullarning shakllaridan foydalanilgan.
Bundan tashqari qoraqalpoq to‘quvchilik san’atida oltmishdan ortiq turdagi va nomdagi ko‘zdan asrovchi naqshlar mavjud bo‘lib, ularning orasida keng qo‘llaniladigani turli xil shox motivlari kombinatsiyalari hisoblangan kos muyiz (juftli shox), segiz muyiz (sakkiz shoxli), oneki muyiz (o‘n ikki shoxli) kabilardir. Ushbu motivli naqshlar unumdorlik va farovonlik ramzlarini ifodalagan. Boshqa naqshlarning nomlari o‘simlik va hayvonot dunyosi, uy-ro‘zg‘or buyumlari: tay tuyak (toy tuyog‘i), balik koz (baliq ko‘zi), garga tirnak (qarg‘a tirnog‘i), kus kanat (qush qanoti), gul, irgak (ilgak), tarak (taroq) va boshqalar bilan bog‘liq.
Demak, xalq og‘zaki ijodida muayyan davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan. Ularda ifodalangan ramzlarni tadqiq etish va ularni to‘g‘ri talqin qilish ajdodlarimizning ichki dunyosini yoritib berishga, bizni ularga yaqinlashtirishga, ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qiladi. Zero, “ramzlar qadriyatlar majmuyi”dir.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə