O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeydi



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə22/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeydi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqiga xos bo‘lgan eng oliy xususiyatlardan biri ahillik, inoqlikdir. Bu bizga ajdodlarimizdan singgan fazilatdir. Bir mayizni qirqqa bo‘lib yeyishlik, o‘zi yemay o‘zgaga ilinishlik xalqimizga xos bo‘lgan insoniy fazilatlarga ishora qiladi. Qoraqalpoq tilida: Бир нанды болисип жеген.
Bug‘doy noning bo‘lmasa ham bug‘doy so‘zing bo‘lsin. O‘zbek va qoraqalpoq xalqi eng mehmondo‘st, xushkalom xalqlardan sanaladi. “Mehmon otangdan ulug‘” degan naqlni o‘ziga bayroq qilib oladi-da, o‘zi yemay mehmonga tutadi, borini unga ilingisi keladi. Agar mehmonning qornini to‘qlashga qurbi yetmasa, hech bo‘lmaganda ikki og‘iz shirin so‘zi bilan uni siylagisi keladi. Shu ma’noda bug‘doy so‘zi ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zida aks ettirgan etalon sifatida kelgan. Qoraqalpoq tilida: Бидай нанын болмаса, бидай созин болсын.
Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilar. Ushbu maqolda inson yaxshi va yorug‘ kunlarga sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, omonlik bo‘lsagina erishishi mumkinligi ma’nosi ifodalangan. Bosh kiyim sifatida bu yerda qalpoq, shapka, shlyapa so‘zlari emas, do‘ppi so‘zi keltirilgan. Ma’lumki, do‘ppi o‘zbek xalqining milliy bosh kiyimi sanaladi. Shu o‘rinda lingvomadaniy birlik sifatida etalon vazifasini bajarib kelgan. Qoraqalpoq tilida: Бас аман болса малақай тауылады.
Do‘ppining ichida odam bor. Bu maqol mazmunan “Devorning ham qulog‘i bor” maqoliga o‘zaro sinonim hisoblanadi. Bu maqolning tahliliga to‘xtalsak, har bir narsani har joyda aytmaslik kerakligini uqtiradi, kishini ogohlikka xushyorlikka chorlaydi. Unda ham etalon sifatida do‘ppi so‘zi olingan. Qoraqalpoq tilida: Малақайдын ишинде адам бар.
Non ham non, ushog‘i ham non. Dunyoda o‘zbekchalik nonga yuksak hurmatda bo‘lgan xalq bo‘lmasa kerak. Ulug‘larimiz ham “Nonday aziz bo‘lgin” deb duo qilishadi. Farzandlarga yoshligidan “Nonni ushatmay ye”, “Nonni bosma”, “Nonni ko‘zingga sur” deya tarbiya berishadi. Bularning barchasi xalqimizda nonga bo‘lgan e’tibor, o‘zbekona qarashdan darak beradi. Chunki, bu qarashga ko‘ra, nonni qadrlamaslik, unga nisbatan isrofgarchilik yo‘qchilikka olib keladi, hatto bu gunoh ish sanaladi. Qoraqalpoq tilida: Нанның усағы да нан.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə