O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Hashar qildim-uy qurdim, Bunda ko‘p hikmat ko‘rdim



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə25/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Hashar qildim-uy qurdim, Bunda ko‘p hikmat ko‘rdim. Hashar o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan udum sanaladi. Ya’ni uy ko‘tarmoqchi (qurmoqchi) bo‘lgan yoki mamlakat obodonchiligi yo‘lida qilinadigan umumxalq mehnatidir. Bizga ma’lumki, hasharga do‘st-u birodarlar, yaqin qarindoshlar yordamga keladi. Hasharda birdamlik, ahillik kabi samimiy tuyg‘ular o‘z aksini topadi. Shuning uchun, hashar qilgan inson ko‘p hikmatlarning guvohi bo‘ladi. Ya’ni do‘stlarining sadoqatini, mehribonligini ko‘radi. Bu maqolda etalon sifatida olingan hashar so‘zi lingvomadaniy birlik sanaladi. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.
Holva degan bilan og‘iz chuchimas. Bu maqol mazmunan “Olma pish, og‘zimga tush” maqoliga sinonim. Zamirida, dangasalik, tayyorga ayyorlik kabi xislatlarni qoralab, mehnatsevarlikka, o‘zi ishlab, halol mehnat bilan pul topishga chorlaydi. Ya’ni inson biror nimani orzu qilganligi bilan u amalga oshib qolmaydi, uning amalga oshishi uchun ,albatta, harakat qilish kerakligi uqtirilmoqda. Etalon bo‘lib kelgan so‘z “holva” o‘zbek milliy shirinligi hisoblanadi. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.
Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r. O‘zbek xalqining to‘yi hech bir xalqda takrorlanmas urf-odatlarga boydir. Ayniqsa, nikoh to‘ylari o‘zgacha shukuh bilan o‘tadi. Bu shukhga kelin yanada o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Xalqimiz hamisha azal-azaldan mukammallikka intilgan. Shuning uchun ham kelinni shunday mukammallik darajasida ko‘rishga intilgan. Ya’ni epli ham sepli ham bo‘lishini xohlaganlar. Kelinning sepi uning ziynati, fayzi sanaladi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqida qizga, ya’ni bo‘lajak kelinga sep, sarpo-surug‘ qilish odati katta ahamiyatga ega. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma'naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi. O‘zbek va qoraqalpoq tilidagi iboralarda ham ikki xalqning butun tarixi va qarashlari aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Frazeologizmlar tadqiqi bilan shug‘ullangan olimlar iboralarning xususiyatlari semantik jihatlari haqida o‘z fikrlarini bayon etib o‘tishgan shulardan, mashhur rus tilshunosi B.A.Larinning ta’kidlashicha, “Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi”.
Tilshunoslik va lingvokulturologiya bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borgan olim F.I.Buslayevning fikriga ko‘ra, “frazeologizmlar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar va haqqoniy fikrlarni o‘z ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir. Ular millatning o‘ziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida ifodalaydigan har qanday milliy tilning jonidir49”. Ushbu fikrlardan kelib chiqib shulami aytish mumkinki, frazemalarda odob-axloq masalalari keng aks etadi va bu xalq ongi tafakkuriga katta ta’sir o‘tkazadi. O‘zbek va qoraqalpoq tilidagi iboralarda ham milliylikni namoyon etuvchi, ma’naviy kamolotga undovchi, insoniy hislatlarni shakllantiruvchi mazmun ko‘lami keng bo‘lgan frazemalar talaygina.
Lingvokulturologiyaning obyekti sanalgan barqaror birikmalardan biri frazeologizm, ya’ni iboralardir. Iboralar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi ma’naviy xazina bo‘lib, ular ham lingvokulturologik obyekt sifatida millatning madaniyatini o‘zida jamlovchi til birligi hisoblanadi. Quyida bunday iboralardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə