O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə27/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Belida belbog‘i bor. O‘zbek odamning ishonchli, puturli, tayinli, diyonatliligini bilmoqchi bo‘lsa, belida belbog‘i bormi, deydi. Belda belboqning bo‘lishi – suyansa, ishonsa, qo‘shilsa bo‘ladigan odam mazmunini tashiydi. Bu ibora (belingda belbog‘ing bormi?!) kishi hamiyatiga tegish, yigitmisan o‘zi, qabilida raqibning jig‘iga, g‘ashiga tegish maqsadida ishlatiladi. O‘zbek xalqida belida belbog‘i borlik yigitlik, juvonmardlik, tayinli, subutli, diyonatlik garovi. Qoraqalpoq tilida: Белинде белбеуи бар.
Jonini jabborga bermoq. Bu ibora ilohiy ma’noda “Jonim tasadduq” iborasining muqobili sanaladi. Jonini timoq, jon koyitib, kuydirib, sidqidildan, vijdonan mehnat qilmoq, faoliyat ko‘rsatmoq, e’tiqod, qat`iyat bildirmoq, sig‘inish. Jonini jabborga berish – xudo, haq yo‘liga tikishi, bag‘ishlashidir. Bu iborada o‘zbek xalqining diniy e’tiqodi islom dini ruhi yaqqol sezilib turadi. Qoraqalpoq tilida: Жанын жаббарға бермек.
Tilning paremiologik fondi kabi frazeologik fondida ham ikki millat orasida bir xil ma’noni ifodalash uchun aynan bir iboradan foydalaniladi. Ammo ba’zan u o‘zini oqlamaydi. Ya’ni o‘zbek tilidagi iborani aynan qoraqalpoq versiyasi, yoki qoraqalpoq tilidagi frazemalarni o‘zbekcha versiyasi uchramaydi. Sababi bu kabi frazemalarda millatlar orasidagi lingvokulturologik fonning farqliligidir. Bunday iboralarga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
Qo‘lini paxsa qildi. G‘azab, vajohat ichida qo‘lni silkib (qilichga, xamjarga o‘xshatib) gapirish. Paxs so‘zi qalin devor ma’nosida bo‘lib, loy (paxsa) urilganda qavat-qavat qilib uriladi. Qo‘lning g‘azab bilan bilan uzatilgan holda baland-past yurishi paxsa qavatlarga o‘xshatiladi. Bu kabi o‘xshatish va metaforalarda ham xalqchillik o‘z ifodasini topadi. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.
Yelka tutmoq. Bu ibora juda ko‘p ma’nolarda qo‘llanilib, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan eng go‘zal odatlardan biri bo‘lgan, salomlashish, ko‘rishish ma’nosini ham tashiydi. Bunda ko‘rishmoqchi bo‘lgan katta yoshli ayollarga (jumladan, qaynonaga ) engashib (yelkaga qoqishi uchun) yelka tutiladi. Bu odat kattaga hurmat, kamtarinlik, odob yuzasidan amalga oshiriladi. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə