O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə24/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim. O‘zbeklarda qo‘shniga azal-azaldan kattta e’tibor va hurmat qaralgan. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona kabi maqollarning ham kelib chiqishi mana shunday hurmat va e’tiborning natijasidir. Hatto, diniy manbalarda ham agar ovqat qilsang, hidi qo‘shningnikiga yetib borsa, o‘sha ovqatdan qo‘shniga ham berish kerak deyilgan. Shundan kelib chiqqan holda, dono xalqimiz “Yon qo‘shning-jon qo‘shning” deb atashgan. Bu maqolda ana shu o‘zbekona ruh va man’naviy qadriyat sezilib turadi. Qoraqalpoq tilida: Узақтағы ағайыннен жақындағы қоңсы жақсы.
Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga. O‘zbek xalqida qariyalarni farishtaga qiyoslashadi. Shuning uchun qarisi bor uyning parisi bor deyishadi. Shu tufayli ham qariyalar qay vaqt kelmasin, ularni hurmatlab to‘riga o‘tirgizib, oshga tortishgan. Shuning uchun yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga deyishgan. Bu maqolda garchi etalon ishtirok etmagan bo‘lsa-da, lekin o‘zbeklarga xos milliylik ruhi sezilib turadi. Qoraqalpoq tilida: Жас келсе иске, ғарры келсе аска.
Ikki qardosh xalq madaniyati ko‘p o‘rinlarda yakdillikni ifodalaganligi bois ushbu tillarda bir xil ma’noni ifodalaydigan maqollar ham talaygina. Biz yuqoridagi lingvokulturologik tahlillarimizda ularning orasidan qisman misol keltirdik, xolos. Ammo shunday maqollar ham borki, ularning aynan qoraqalpoq tilidagi tarjima variantlarini uchrata olmaysiz. Ularga o‘xshash bo‘lgan yoki ma’nosi yaqin bo‘lgan qoraqalpoqcha versiyasinigina uchratish mumkin. Lekin ular aynan shu maqolning ma’nosini to‘laqonli anglatmaydi. Chunki bu kabi maqollarda faqat o‘zbekka xos bo‘lgan mentalitetning yorqin namunalari aks etgan bo‘lib, millatning urf-odatlari, an’analari, diniy va dunyoviy qarashlarini o‘zida mujassam etgan. Masalan:
Er-xotinning urushi – doka ro‘molning qurishi. Oila muqaddas dargoh sifatida e’zozlanadi. Lekin mana shu muqaddas dargohda ham ba’zan ahamiyatga molik bo‘lmagan janjallar uchrab turishi hech birimizga sir emas. Ma’lumki, janjallarning aksariyat qismi uzoq muddatli gina bilan yakun topadi. Ammo oiladagi er-xotin urushi kamdan-kam hollarda araz bilan yakunlanadi. Biroq bu arazning vaqti ma’lum bir muddat ya’ni doka ro‘mol qurishiga ketgan vaqt kabi qisqadir. Shuning uchun xalqimizda “Er-xotinning urushi – doka ro‘mol qurilishi” kabi maqollar yuzaga kelgan. Ushbu maqolda etalon sifatida olingan doka ro‘mol ham milliy kiyimlarimizning tarkibiy qismi bo‘lgan bosh kiyim hisoblanadi. O‘zbek ayollari bu bosh kiyimdan turli xil marosimlarda foydalanishadi. Qoraqalpoq tilida: Коракалпоқча версияси йўқ.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə