O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə23/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Nafsi yomon hayitda o‘lar. Islom dinida nafsini tiyolmaydigan, badnafs kimsalar hamisha qoralanib kelgan. Chunki, diniy manbalarda ko‘p yeyish qalbni o‘ldiruvchi illat deya keltiriladi. Shunday qarashlar ta’sirida xalqimiz orasida ushbu maqol kelib chiqqan. Negaki, nafsini tiya olmaydigan inson bayramda (Hayit musulmon davlatlari uchun bayram sanaladi) o‘ladi. Bayram bo‘lgandan keyin to‘kin-sochinlik bo‘lishi tabiiy. Ushbu maqolda xalqimizga xos bo‘lgan islomiy qarash o‘z aksini topgan. Qoraqalpoq tilida: Напсы жаман хайытта өледи.
Ona yurting – oltin beshiging. O‘zbek tilida beshik so‘zi muqaddas. Chunki, yangi tug‘ilgan chaqaloqni turli odat-u irimlari bilan beshikka yotqizishadi.Tom ma’noda aytganda, beshik deganda o‘zbeklar Vatanini tushunadi. Bu so‘z milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, lingvomadaniy birlik hisoblanadi. Qoraqalpoq tilida: Ана журтын, алтын бесигин.
Yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta omin deydi. Davlatimizning rasmiy dini sanalgan Islomda kishi har biri daqiqada yaxshi niyatda bo‘lishi kerakligi uqtiriladi. Sababi bizning har bir aytgan so‘zimizga farishtalar omin deyishi mumkinligida. Agar beixtiyor sovuq nafas (niyat) qilib qo‘ysang-u, unga farishta omin deb qo‘ysa, holimizga voy. Shuning uchun o‘tayotgan har bir daqiqamizda Ollohga shukr qilib, yaxshi narsalarni ko‘zlab yashashimiz zarur. Bu qarash har birimizni qanoatli bo‘lishga undaydi. Bu maqolda ana shu diniy qarash orqali xalqimizning milliy o‘ziga xosligi ifodalangan. Qoraqalpoq tilida: Жақсы гапке де, жаман гапке де периште аўмийн дейди.
Yaxshi mehmon osh ustida. Azal-azaldan mavjud bu maqol zamirida ham o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan holat aks ettirilgan. Oila dasturxon atrofida to‘planib o‘tirgan paytda kimdir kelib qolsa, unga qarata “Yaxshi mehmon osh ustida”, “Yaxshi kishi osh ustida keladi”, “Qaynonangiz sizni juda sevar ekan” kabi maqollarni qo‘llaymiz. Bunday holat o‘sha insonning yaxshi fazilatli ekanligidan dalolat beradi. Bu ham, albatta, xalqimizga xos bo‘lgan madaniyatning ifodasidir. Ya’ni o‘zbek madaniyati o‘zbek tilida o‘z aksini topgan. Qoraqalpoq tilida: Жақсы мийман ас устине.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə