O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə26/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Qulog‘ini tishlab qo‘ymoq. Bu iborali xalqimizga xos milliy urf-odat o‘z aksini topgan, ya’ni beshik ketdi odati. Hali beshikdagi qizchaga to‘rt-besh yashar bolani “yor” qilib, “holva”ning qulog‘ini tishlatish . Bu odat turkiy o‘zbek xalqlarida qadimdan mavjud. “Qulog‘i tishlab” deganda biror ish, masalalar oldindan kelishib, hal qilib qo‘yilgan ma’nosi anglashiladi. Ishni pishitib qo‘ygan ma’noda. Qoraqalpoq tilida: Атастырып койыў.
Quloqqa azon aytmoq. Musilmonchilikda bola tug‘ilib, kichik chillasi chiqqach, bir mulla chaqirib, uning qulog‘iga azon aytiriladi. Azon aytilganda bolaning qulog‘i ochiladi. Bu iborada ham xalqimizga hos bo‘lgan diniy aqida o‘z ifodasini topgan. Qoraqalpoq tilida: Қулағына азан айтыў.
Boshini ikkita qilmoq. O‘z ma’nosi yo‘q, ko‘chma ma’noda uylantirib boshini ikkita, oyog‘ini to‘rtta qilmoq tushuniladi. Ola xurjunni (ro‘zg‘or) yelkaga tishlamoq. Xalqimizda ikki yoshni nikohlab, bir yostiqqa bosh qo‘ydirishni “Boshini ikkita qilish” iborasi bilan ta’riflanadi. Qoraqalpoq tilida: Бир басын екеу қылыў.
Yelkamning chuquri ko‘rsin. Xalqimiz orasida keng tarqalgan bu iborada ham o‘zbekona qarash, taomil o‘z aksini topgan. O‘ta norozilik, ozurda bo‘lish, jonga tegib ketish, bezori bo‘lish xulosasi. “Bu joylarni yelkamning chuquri ko‘rsin”,- deyilganda qayta bu joylarga kelmasligi tushuniladi. Yelkaning chuqurida (o‘mrov suyagi) suv turmaydi. Unda suv saqlash amri mahol. Mening bu yerga kelishim, qasamimni buzishim ham xuddi shunday gap, degan qiyos qilinadi. Qoraqalpoq tilida: Желкемниң шуқыры корсин.
Oyoq uzatmoq. Iboraning bir nechta ma’nolari mavjud: oyoqni uzatmoq, cho‘zmoq, chigilini yozmoq, dam olmoq kabi. Bu iboraning ko‘chma ma’noda ifodalovchi insonning o‘limi, hayotdan ko‘z yumish ottenkalarida nozik so‘z o‘yini mavjud. Jumladan, Bobom oyog‘ini uzatdi. Xalqimizga xos bunday iboralarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Misol uchun, “Yo‘qolib qoldi” iborasi ham mazmunan “Oyoq uzatmoq’ bilan bir. “Buvim yo‘qolib qoldi” yoki “Amakim yo‘qoldi” kabi. Bu iboralar yurtimizning janubiy viloyatlarida faol qo‘llaniladi. Qoraqalpoq tilida: Аяқты созыў.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə