Angren universiteti Pedagogika fanidan Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 23. 1-guruh talabalasi Nomozova Hafizaning Ta'lim to'g'risidagi qonun Pedagokika nazariyasi va tarixi fanidan mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#138359
  1   2   3   4   5   6
Hujjat turlari

Angren universiteti Amaliy òzbek tili. Davlat tilida ish yuritish fanidan Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 23.1-guruh talabalasi Nurullayeva Sabrinaning Hujjat turlari mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi: Mirzakarimova Z.D

Hujjat turlari

Reja:

1. Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar

2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi

3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni

tuzish asoslari

4. Ishchi-xodimlar mehnatini tashkil etishning xususiyatlari

5. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish


Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
  • sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;
  • murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.

  • Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (in dividual), namunali (tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘llardan biridir.

Ish hujjatlarini yuritish tili va uslubi. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinkitantanavor yoki bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə