Angren universiteti Pedagogika fanidan Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 23. 1-guruh talabalasi Nomozova Hafizaning Ta'lim to'g'risidagi qonun Pedagokika nazariyasi va tarixi fanidan mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#138359
1   2   3   4   5   6
Hujjat turlari

Ma’lumotnoma
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bolinadi. Xizmat ma’lumotnomasi-muassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Xizmat ma’lumotnomasi axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Bunday ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida yuqori idora yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar muassasa, jamoa xo'jaligi, ishlab chiqarish faoliyatining muhim masalalari bo'yicha, uning moliyaviy faoliyati, xodim (shtat) lar soni, rejalashtirilgan topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanish holati: mehnat intizomining ahvoli haqida boshqa so‘ralayotgan masalalar to‘g‘risida bolishi mumkin. Masalan, Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida 2007-yildagi mehnat intizomi haqida ma’lumotnoma.
Xizmat ma’lumotnomasi ham o‘z navbatida ikkiga: ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotlariga bo‘linadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi: muassasaning ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodim haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo'linma boshlig‘i, ish yurituvchi (bo‘linma boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, ish yurituvchi oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog'oz varag‘iga qo‘lda yozilinshi ham mumkin.
Xizmat yozishma hujjatlari. Хizmat xatlari
Xizmat yozishmalari
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.
Xizmat xatlari
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil qiladi.
Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar va .h.k).

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə