Angren universiteti Pedagogika fanidan Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 23. 1-guruh talabalasi Nomozova Hafizaning Ta'lim to'g'risidagi qonun Pedagokika nazariyasi va tarixi fanidan mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#138359
1   2   3   4   5   6
Hujjat turlari

 
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimai hol
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimai hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag'batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Ariza
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma - xildir.
Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bo‘lmaydi.
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə